Faqatgina 2011 yil 21 noyabrdan 21 dekabrgacha hisobingizni
har qanday miqdorga to’ldirib, shu miqdorga tengli qo’shimcha
bonusga ega bo'ling!
Bonuslarni ular belgilangan kundan boshlab bir hafta davomida
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar, SMS va MMS uchun sarflash mumkin.
Amal qilishning 7 kunlik muddati nihoyasiga yetgach, foydalanilmagan
bonuslar miqdori bekor qilinadi.
Belgilangan bonuslar miqdori va amal qilish muddati
haqida ma’lumot olish uchun *109# shaklida USSD-so’rov
yuborish lozim.
Abonent bonuslar amal qilish muddati davomida takroriy bonusga ega
bo’lsa, yangi bonus miqdori amal qilayotgan bonusning qoldig’iga
qo’shiladi. O’z navbatida, bonuslarning amal qilish muddati so’nggi
belgilangan bonus kunidan boshlab 7 kun etib belgilanadi.
Hisoblari noldan kichik (qarzi mavjud) bo’lgan abonentlar uchun
aksiya shartlari quyidagicha tadbiq etiladi: abonent
to’lovning qarzni qoplashdan tashqaridagi qismi uchun bonusga ega
bo’ladi (ya’ni, qarzni qoplashga ketgan to’lov miqdori uchun bonus
belgilanmaydi).
Aksiya faqat Prepaid tizimidagi abonentlar uchun amal qiladi.
DIQQAT! Bonuslar hisob to’ldirgandan so’ng bir kun
ichida belgilanadi. Tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida,
hisobingizga bonuslar belgilanganligini *109# raqamiga
USSD-so’rov jo’natish orqali tekshirishingizni tavsiya qilamiz.
|