Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19
noyabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab
yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan
sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 8-10
daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib
turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda
shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq
bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir
yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga
7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq,
kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5
daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib
turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi
yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol
esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq
bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,
kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik
bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi
1daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,
kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik
bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2
daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi
joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi
bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8
daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
|