"GM Uzbekistan”
O‘zbekiston-AQSh qo‘shma korxonasi 2012-yildan "GSVEM” kodli nomi
ostidagi yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu
haqda "UzDaily.uz”
internet-nashri xabar qilgan.
Qo‘shma korxona 2011-2013 – yillarga mo‘ljallangan sanoat
kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va
materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida
yangi avtomobil ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
"2011-2013 – yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar,
butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni
mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi qarorni
imzolagan edi.
Ushbu dasturga muvofiq, "GM Uzbekistan” 2012-yilda umumiy qiymati
52,39 million dollardan ortiq bo‘lgan 8 ming dona, 2013-yilda esa umumiy
qiymati 523,357 million dollar bo‘lgan 80 ming dona yangi modeldagi
avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
2013-yilga kelib "O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tizimi
doirasida mahalliylashtirilgan mahsulot qiymatini 1,139 milliard so‘mga
yetkazish rejalashtirilmoqda.
|