O‘zbekiston Respublikasi hukumati Prezident Islom Karimovning
topshirig‘iga binoan Andijon shahrining 2500 yilligini
keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqmoda. Bu
haqda "Gazeta.uz”
internet-nashri xabar qilgan.
Mamlakatimiz Prezidenti shu yilning 30-sentabr – 1-oktabr kunlari Andijon viloyatiga qilgan
tashrifi chog‘ida shunday topshiriqni bergan edi. Andijon shahrining
yubileyini o‘tkazish bo‘yicha dastur 15-noyabrgacha ishlab chiqiladi.
Hozirda Vazirlar Mahkamasi tomonidan viloyatning sanoat salohiyatini
oshirish, ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, arxitektura
qiyofasini yaxshilash va aholi yashash punktlarini obodonlashtirish
hamda yashash darajasini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar
dasturi qabul qilingan.
Ushbu hujjatda, xususan, 1-dekabrgacha Andijon shahri markazining
joylashuvini aniqlovchi, markaziy maydon va anjumanlar saroyi
qurilishiga oid bosh rejani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Ushbu muddatgacha shaharda ichki kichik va tashqi katta halqa
yo‘llarini qurish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqilishi lozim.
30-dekabrgacha viloyatdagi Asaka shahrini rivojlantirish bo‘yicha
bosh rejani ishlab chiqish ham maqsad qilingan. Ushbu rejaga shaharning
sanoat salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish hamda shaharning
tashqi qiyofasini o‘zgartirish kabi masalalar kiritilgan.
Tez orada bugungi Andijon viloyati Fotogalereyasi saytimizga qo'shiladi!!! Bizdan yiroqlashmang!
MegaFan | Farruh Hayitbayev
|