Yakshanba, 19.05.2024, 23:10:11
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 12
Mehmonlar 12
A'zolar 0

16:26:17
SHOU OLAMI. Rayhon, Ziyoda, Aslbek, “Davr”, “Sarbon”, Umidaxon, Munisa Rizayeva…
UMIDAXON YANA MILLIYCHASIGA

"Akfa-media” prodyuserlik markazining bu xonandasi so’nggi paytlarda faqat milliy qo’shiqlarni chiroyli tarzda kuylayotganidan xabaringiz bor. Uning yangi qo’shig’i ham yana milliy yo’nalishda kuylandi. "Yorim bor” deya nomlangan ushbu qo’shiqning klipini shu kunlarda TV ekranlari orqali tomosha qilyapsiz. Sho’x tarzda kuylangan qo’shiq allaqachon o’z muxlislarini topib ulgurdi. Ha aytgancha Umidaxonning bundan oldin kuylagan "O’rgilay sizdan” nomli qo’shig’i ilgari san’atimizning mashhur darg’asi Farog’at Rahmatova tomonidan kuylanib ommalashgandi. Yosh xonandaning ilk qo’shig’i ham Saodat Qobulova tomonidan ijro etilgan. Nazarimizda Umidaxon ustozlarning bir paytlardagi mashhur qo’shiqlarini ijro etish orqali katta yoshli auditoriyaning e’tiboriga tushishni va ustozlarning muxlislarini xursand qilishni reja qilgan. Bunday qushiqlar uning ijrosida yana kuylansa ajablanmang.

UNING O’ZI SOZ CHALADI va KUYLAYDI

Farhod Saidov hamda "Sarbon” guruhining iyunda konsert berishi haqida xabar bergandik. Shu dastur oldidan xonanda muxlislari uchun "Sevgilim” nomli yangi qo’shig’ini taqdim etdi. Klipni ham shu kunlarda tomosha qilasiz. Iyunning ilk kunlarida namoyish etiladigan konsert esa "Yurak - sensan mening sozim” deya nomlangan. Bu "Sarbon” guruhining ilk yakkaxon katta konserti bo’lganligi uchun tayyorgarliklar avjida. Eng eksklyuziv ma’lumot sifatida shuni aytish mumkinki, Farhod o’z konsertida o’zining sozandalik faoliyatiga tegishli bir nechta yangi musiqalarini ham ijro etadi. Albatta, bunga o’xshash yangiliklar ko’p. Yaxshisi buni konsertdan so’ng ma’lum qilamiz.

ZIYODA YANA SHO’X-SHODON

Agina uning birato’la ikkita klip suratga olgani haqidagi xabarni sizlar bilan o’rtoqlashgandik. Endi esa yana bir yangilik bor. Ziyoda kayfiyatni ko’taruvchi bir qo’shiq kuyladi. "Hali-hali” nomli ushbu tarona Gavhar Sharipova matni va Ja’farbek musiqasi bilan dunyoga keldi. Tinglaganlar borki, raqsga tushib ketishyapti. Ishonavering, so’nggi paytlarda Ziyodaning yuragi xursandchilikdan ichiga sig’mayapti. Nega deysizmi? Bunisi endi navbatdagi sonlarimizdagi suhbatimizdan bilib olasiz. Unutmang, ushbu suhbat odatdagi barcha suhbatlarimizdan farq qiladi.

ASLBЕK O’ZIGA TAXALLUS QO’YDI

Ma’lumki, shou-biznesda yoki san’atda o’z ismi sharifi bilan mahur bo’lib keyin qandaydir taxalluslar qo’ygan xonandalar ko’p bo’lgan. Masalan: Jahongir Rizo, Ozoda Saidzoda kabi. Endi esa bu usulni Aslbek Negmatov ham o’zida qo’llab ko’ryapti. Teleekranlar orqali namoyish etilgan "Mazalim” nomli xorazmcha qo’shiqda Omonulloh taxallusi bilan ko’pchilikni hayratga solgan xonanda keyingi qo’shig’ida ham bundan buyon shu taxallus bilan ijod qilishini ta’kidladi. Xullas, otasining ismini o’ziga taxallus sifatida tanlagan Aslbek shu kunlarda "O’rgatib qo’yma” deya nomlangan yangi qo’shig’ini muxlislari uchun taqdim etdi.

"AHA-UHU”dan "GOLLIVUD”ga! RIZAYЕVADA O’ZGARISH

"Aha-uhu” qo’shig’i orqali shou-biznesda o’z ismini jaranglata olgan Munisa Rizaevaning navbatdagi "Ey samo” ya’ni "Assalomu alaykum yanga” qo’shig’i ham yaxshigina ommalashdi. Ilk mashhur qo’shig’ining davomi sifatida yangragan ushbu taronadan so’ng xonanda butunlay boshqacha yo’nalishda kuylashga ahd qilgan shekilli. Negaki, uning yangi ijod mahsuli "Gollivud” deya nomlangan. Hozirda bu qushiqni radioto’lqinlarda tinglayapsiz. Eldor Qayumov so’zi va musiqasi bilan ijro etilgan ushbu qo’shiqqa antiqa tarzda klip suratga olish ishlari ham yaqin kunlarda boshlanadi. Ko’raylikchi, Munisa bunda qanaqa o’zgarish qila olar ekan?

"YOR-YOR”DAN SO’NG "SЕVGI YO’Q”… "DAVR”DA NIMA GAP?

O’tgan yilgi kontsertidan so’ng anchagina jimib qolgan "Davr” guruhi biroz vaqt oldin "Yor-yor” nomli sho’x qo’shig’i bilan yana muxlislarini qaytarib oldi, desak yanglishmaymiz. Negaki, ushbu qo’shiq hatto xit-paradlardan ham yuqori pog’onalarni egalladi. Endi esa "Davr” o’zining "Sevgi yo’q” nomli yangi qo’shig’ini taqdim etadi. Nomlariga qarab hayron bo’lishingiz tabiiy. Axir yor-yordan keyin sevgi bo’lardiku deb. Lekin "Davr”chilar bu fikrning teskarisini aytishyapti. Albatta, bu hazil. Nima bo’lganda ham ushbu guruh yana faollashib qoldi.

RAYHON YANA SAUNDTRЕK KUYLADI

Kimning filmiga, qo’shiqning nomi nima deyapsizmi? Demak, davom etamiz. Rejissyor Javlon Shodmonov yana bir yangi kartinasini tomoshabinga havola etish oldida turibdi. Uning bu galgi filmi "Aldangan ko’ngil” deya nomlandi. Kim aldanadi, nega? Bu haqida film premerasidan so’ng "Kinoreyd”da batafsil o’qiysiz. Hozircha, aynan shu film saundtrekini Rayhon kuylagani xususida. Har holda Shodmonov janoblari bu gal mashhur xonandani shunga rozi qildi. Filmga keladigan bo’lsak, unda bir nechta mashhur kinoaktyorlar ishtirok etishdi. Yaqin kunlarda teleekranlarda Rayhonning saundtreki chiqqach, undagi syujetlardan ham qisqacha voqif bo’lasiz. Ungacha esa siz bilan yana shou-biznes, kino va san’at olamini kuzatishda davom etaveramiz. Zero, bu olamdagi yangiliklar ko’pchilik uchun qiziqarli bo’lishi shubhasiz.
Категория: SHOU BIZNES | Просмотров: 1256 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2012  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика