Dushanba, 20.05.2024, 02:21:17
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 14
Mehmonlar 14
A'zolar 0

18:27:29
Nyuton olmasi
Ma’lumki, olmani xomligida yeyish, pishirib, dimlab, bug‘lab dasturxonga tortish yoki qoqi qilib tanavvul qilish mumkin. Ammo vaqt-bevaqt oddiygina olma daraxti shunaqangi g‘aroyib meva tugadiki, bu meva mo‘jizaviy sehri  bilan dunyoni alg‘ov-dalg‘ov qilib yuboradi. Aytishlaricha, inson olma tufayli jannatdan quvilgan, "Olma mojarosi” Qadimgi Yunonistonda urush keltirib chiqargan. Ertaklardagi sehrli olmalar faqida ham eshitgansiz…Hozirgi hikoyamiz esa insoniyatning dunyo haqidagi tasavvurini umuman o‘zgartirib yuborgan oddiygina olma haqida. Bundan yuz yigirma yilcha avval Angliyaning Vulstorp nomli qishlog‘ida ana shu  mashhur olma daraxtini sayyohlarga ko‘z-ko‘z qilishardi.
Bir vaqtlar aynan ana shu olma daraxti yonidagi qizil g‘ishtli uyda yashovchi fermer Nyuton oilasida Isaak ismli bola dunyoga kelgan. U juda nimjon, Kasalmand bo‘lgani tufayli, to yo‘rgakdan chiqib, chopqillab ketguncha ota-onasini rosa qiynagan ekan.
Otasi erta olamdan o‘tib, bola onasi va Jekob amakisining qo‘lida qolibdi. Ular Issakning taqdiri haqida qayg‘urishar, negaki u poda boqish o‘rniga, kun bo‘yi kitob o‘qishni, turli xil o‘y-xayollar bilan boshini qotirishni xush ko‘rar ekan.
– Shuni o‘qishga jo‘natib qutilmasak bo‘lmaydi, – dedi kunlardan bir kunbechora amakisi xo‘rsinib, – bundan ko‘ra hovlidagi echkidan ko‘proq naf tegadi…
Shunday qilib, bolani o‘qishga yuborishibdi. Isaakning iqtidoriga, zehniga va o‘qishga bo‘lgan intilishiga ustozlari juda yuqori baho berishibdi. Isaak o‘qib charchamas, o‘qituvchilari esa maqtab charchamas ekanlar. Isaak osongiba sinfdan-sinfga, maktabdan kollejga, kollejdan universitetga o‘tib, qarabsizki, kasalmandroq bo‘lishiga qaramay, yigirma ikki yoshida o‘z davrining barcha ilmini o‘zlashtirgan insonlardan biriga aylanibdi… Ana shundagina u yozgi ta’tilda uyiga qaytib ketishiga jur’at etibdi.
Ta’til kunlaridan birida Isaak uyi orqasidagi daraxt tagida eng sevimli ishi – xayol surish bilan mashg‘ul bo‘lib yotgan ekan, ko‘zi uyquga ketib qolibdi. Endi shiringina tush ko‘rayotganida daraxtdan bitta olma uzilib, to‘g‘ri burniga kelib tushibdi.
– Sal nariroqqa tushsa nima bo‘lardi, – deb uyqusirab ming‘illabdi u. shunday debdi-yu, xayoliga "yarq” etib ajoyib fikr kelibdi: tepadan tushayotgan narsa – olma bo‘ladimi, boshqa narsa bo‘ladimi – xohlagan joyiga borib tusholmaydi. Tepadan pastga tushayotgan narsa eng qisqa masofani tanlaydi! U shunday deb mulohaza qila-qila, yer tortish kuchi qonunini kashf qilibdi-yu qo‘yibdi. Bu dunyodagi eng buyuk kashfiyotlardan biri ekan.
Ammo shu bilan Nyutonning ilmiy faoliyati tugamabdi. U dunyodagi mashhur olim sifatida shon-shuhrat taratib, sog‘lig‘i yaxshi emasligiga qaramay, sakson ikki yoshigacha obro‘-e‘tiborda umr kechrib, fan uchun xizmat qilibdi…
Haqiqatan ham, goho daraxtdan tushgan olma bilan birga, shon-shuhrat, obro‘-e‘tiborning yog‘ilishiga ham ajoyib hodisa. Bilingki, olma tushadi, hech tushmay qolmaydi, ammo uni qachon va qayerga tushishi no’malum, sizdan  esa faqatgina o‘sha olma tushishiga tayyor bo‘lib turish  talab etiladi, xolos.si
Категория: BOLAJONLARGA | Просмотров: 912 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2012  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика