Yakshanba, 19.05.2024, 23:45:37
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

16:06:31
Kinoreyd. “3.2.1” yoxud SHAHZODA MATCHONOVA YALQOV KЕLIN OBRAZIDA.
Poytaxt ko’chalaridan o’rin olgan kino banerlarida Alisher Uzoqov va Oydin Yusupovaning jiddiy qiyofa aks etgan suratlari va baner ostiga "3.2.1” deya yangi film nomi yozilgani sabab reklamasiga alohida e’tibor qaratilgan kartinaning tahlilini qilishga ahd qildik. Zero, unga ko’pchilikning qiziqsinib qarayotgani rost...

Yutuq...
  1. Birinchi navbatda film do’stlar o’rtasidagi oqibatni mustahkamlashga qaratilgani bilan muvaffaqiyatli. Uch do’st va ularning oilalaridagi munosabatlari tomoshabinni qiziqtirmasdan qolmaydi.
  2. Yana bir tarbiyaviy ahamiyati yomon yo’lga yurgan insonning turli tashvishlarga yoki balolarga giriftor bo’lishi mumkinligi aks ettirilganligida. Bu Alisher Uzoqov ijrosidagi obrazda namoyon bo’ladi. O’z turmush o’rtog’i turib boshqa qizga ilakishib qolgan yigit keyinchalik uning tuzalmas kasal ekanligini biladi va avtohalokatga duchor bo’ladi.
  3. O’z uyida o’g’irlik qilgan bolaning keyinchalik shifoxonada aybini bo’yniga olishi va kelinoyisidan kechirim so’rashi ham o’smirlar ongiga o’g’irlikning yomon illat ekanligini yana bir bor singdiradi.
  4. Alisher va Abdushukurlarning qizlari obrazlarini ijro etgan iste’dodlar o’zlariga topshirilgan vazifalarni yaxshi ado etishgan. Har holda ularning sahnasida tomoshabinlar ko’ziga yosh qalqiydi.



Kamchilik…

  1. Alisher Uzoqov film boshida mingan avtomashina bilan keyingi minganining ikki xil raqamda bo’lib qolishi erish tuyuladi. Ssenariy masalasida birozgina jo’nlik seziladi. Balki shuning uchun bo’lsa kerak, aktyorlar jamoasida ham "jon kuydirilgan mehnat” sezilmaydi. Rollar shunchaki o’ynalgan.
  2. Uchchala qahramon avtohalokatga uchrashganida Abdumannon va Abdushukur ijrosidagi obrazlarning uyidagilari shifoxonaga kelishadi, ammo Alisher o’ynagan obrazning rafiqasi va qizi kelmaydi. Nega, degan savol tug’iladi. Keyinchalik bu holat xonadonda yig’lab o’tirgan xotin va uning qizi misolida ko’rsatiladi. Balki bu rejissyorning o’ziga xos yondashuvidir, lekin har qanday insonning boshiga tashvish tushganida birinchi bo’lib uning yaqinlari yetib kelishi bor haqiqat. Ming oilasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ham.
  3. Film namoyishida ayrim kamchiliklar bo’lganiga albatta ijodiy jamoaning aybi yo’q. Ammo nazoratga olishsa yaxshi bo’lardi. Har holda namoyish paytidagi uzilishlar va texnik sabablarning yuzaga kelishi film tomoshasiga kelganlarda yaxshi fikr shakllantirmaydi.
  4. Shahzoda Matchonovaning obrazini tushunib bo’lmaydi. Bir qarasang uni yalqov xotin sifatida ko’rsatishadi, bir qarasang u qaynonasi tarafida bo’lib erini bir paytlar tashlab ketgan otasini borib ko’rishga qistaydi. Hatto qaynonasi unga ovqat tayyorlashni o’rgatib tursa ham qaynonasining qo’lidan olmaydi. 
Xulosa

Durdona To’laganovaning ushbu filmi orqali yoshlar o’zlariga to’g’ri qaror qabul qilishadi. Ya’niki, xatolar bo’lishi mumkin. Lekin uni to’g’irlash yanada muhimroq ekanligini anglashadi. Imkoniyat har kuni ham berilmaydi, ammo berilganida undan unumli foydalanish kerakligi aniq-tiniq aytilgan.
Категория: KINO YANGILIKLARI | Просмотров: 878 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: Kelin, yalqov, Kinoreyd | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2012  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика