Ko'zlarimda yosh qotar bir kun, Ruxsiz tanam tosh qotar bir kun. O'zimga ham asqotar bir kun, Yuragimni qaytarib bering!
Bu dardlardan tanamda yo'q rux, Yetar menga shuncha g'am andux. Sizga kerak bo'lmasa majrux, Yuragimni qaytarib bering! Dilimga joyladim tog'day bardoshni, Kiprigim to'sadi ko'zdagi yoshni. Yuragim tanladi sen bag'ritoshni, Bugun seni juda ham sog'inib ketdim! Sizni kutyapman ko'nglimda armon, Sizni tezroq ko'rish orzusidaman. Hech narsa bo'lolmas dardimga darmon, Qayg'u alamlarning yog'dusidaman. O'sha bosa yodimda qoldi, O'sha, o'sha uyqu yo'qoldi. O'sha oqshom, o'sha uchrashuv, Yuragimga mahabbat soldi.