Taniqli kinorejissor Rustam Sa’diyevning “Sotqin” filmi “videoqaroqchilar” o‘ljasiga aylandi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Nashr yozishicha, Rustam Sa’diyevning o‘zi Facebook’dagi sahifasiga filmning do‘konda sotilayotgan “qaroqchi” nusxasi suratini joylab, unga izoh ham qoldirgan.
Unda bu filming “piratskiy” nusxasi ekanligi, lekin litsenziyali varianti boshqacha bo‘lishi aytilgan. “Bizda mualliflik qonunlarining ishlamasligi shunaqa bemalol haromxo‘rlik qilishga olib keladi”, — deya ta’kidladi rejissor.
|