Ushbu "Yaks” savdo belgisi ostida sentabr oyida kir yuvish kukunlari sotuvga chiqarilishi haqida savdo belgisiga egalik qiluvchi kompaniya vakillari "Kun” nashriga ma’lum qilgan.
Kun.uz yozishicha, kompaniya vakillari "Yaks” savdo belgisi ostida iste’molchilarga taklif qilinayotgan kir yuvish kukunlari premium-klassda ekanligini, u sifat darajasi bo‘yicha jahonda tan olingan boshqa kir yuvish kukunlari bilan raqobatlasha olishini aytishgan. O‘zbekistonda bunday sifatdagi kir yuvish kukuni ilk bora ishlab chiqarilayotgani ham qayd etilgan. Ma’limotlarga ko‘ra, bu savdo belgisi ostida nafaqat kir yuvish kukuni, balki yaqin kelajakda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari ham ishlab chiqariladi. "Yaks” savdo belgisi shu vaqtga qadar qanday mahsulot yoki xizmat turi ekanligi haqida turli taxminlar "bolalagan” edi. Ijtimoiy tarmoqlarda "Yaks” bu – sharbat deyilgan bo‘lsa, yana birida 2012-yil o‘z faoliyatini to‘xtatgan "MTS-O‘zbekiston” o‘rnini egallovchi yangi aloqa operatori deyilgan edi. "Yaks” haqidagi mish-mishlar haliyam davom etmoqda.
|