O‘zbekiston Prezidentining 24-yanvardagi farmoniga binoan, Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Shu paytgacha Po‘lat Bobojonov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan.
Davlat rahbarining boshqa farmoniga ko‘ra, Ollabergan Ollaberganov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, u viloyatga 2008-yil fevralidan beri rahbarlik qilib kelgan.