Dushanba, 25.11.2024, 12:56:38
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 118
Mehmonlar 118
A'zolar 0

16:56:11
xabarlar

Janubiy Amerikada birinchi LTE tijoriy tarmog‘i quriladi. Loyiha Kolumbiyaning eng yirik keng yo‘lli aloqa operatori — UNE va Xitoyning Huawei kompaniyasi hamkorligida amalga oshiriladi.

Xitoyliklar okean ortiga SingleRAN LTE va paketli tayanch tarmoq yechimlari, terminal qurilmalari, jumladan, jahondagi birinchi besh rejimli LTE (E392) USB-modemlarni yetkazishni o‘z zimmalariga olishgan.

Loyihaning dastlabki bosqichi Bogota va Medelin shaharlarini qamrab oladi.


Xitoyning eng yirik mobil aloqa operatori China Mobile ikkinchi yil qatorasiga XXRdagi eng qimmat savdo belgisi sifatida e'tirof etildi — 53,6 mlrd. dollar. Jahonning yirik WPP reklama agentligi tadqiqotida jami 50ta Xitoy kompaniyasi qatnashib, ular biznes samaradorligi va ishlab chiqarish, mijozlar talablarini qondirish kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholandi.

China Mobiledan keyingi beshta o‘rin moliyaviy muassasalarga tegishli. Brendining qimmatlashishi borasida bir yilda eng yuqori o‘sish Sina internet-kompaniyasida kuzatildi.

WPP yetakchi o‘nligi: 1. China Mobile, 2. ICBC, 3. China Construction Bank, 4. Bank Of China, 5. Agricultural Bank Of China, 6. Baidu, 7. China Life, 8. Sinopec, 9. PetroChina, 10. Tencent.


Shvetsiya telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqaruvchisi — Ericsson kompaniyasi taxminlariga ko‘ra, 2012 yili jahon smartfonlar bozorida raqobat keskinlashib, 4 yadroli protsessorlar o‘rnatilgan va LTE standartidagi aloqa tarmoqlariga mo‘ljallangan mobil apparatlarga talab oshadi.

 "Yanagi yili smartfonlar barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha hozirgilaridan mukammalashadi. Ishlab chiqaruvchilar bunchalik ko‘p funksiyali telefonlardagi batarealarning energiya samaradorligini saqlash borasida muammolarga duch kelishlari turgan gap", — deyishmoqda Ericsson mutaxassislari.


Janubiy Koreaning sanoat konglomerati Hyundai Group mamlakatda yana bir mobil aloqa operatori tuzishdek ulkan loyihani investitsiyalashdan bosh tortdi. Mazkur loyihaga ko‘ra, Hyundai Securities va Hyundai U&I kompaniyalari moliyaviy donorligida Koreadagi o‘rta va kichik biznes korxonalari yangi mobil aloqa operatori (Internet Space Time/IST)ga asos solishmoqchi edi.

Kompaniya tashkil etgan matbuot anjumanida mobil aloqa bozoriga kirmoqchi emasligini, shundoq ham keskin raqobat kuzatilayotgan aloqa xizmatlari bozorida mahalliy kompaniyalarga mushkulot tug‘dirishni istamaganini bildirgan.

 Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Korea Respublikasida uchta mobil aloqa kompaniyasi — SK Telecom Co., KT Corp va LG Uplus Corp. faoliyat ko‘rsatapti.


YouTube videoxostingi maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan yangi saytini ishga tushirdi.  YouTube for Schools loyihasi bolalar uchun ta'lim kontenti (hozircha ingliz tilidagi)ni taqdim etish bilan birga, bolalar va o‘smirlar ruhiyatiga salbiy ta'sir etish ehtimoli mavjud har qanday roliklardan xolidir.

Maktab loyihasida kompaniya mavzular, tomoshabinlarning yoshi va boshqa omillar bo‘yicha taqsimlangan videolarning turli pleylistlarini taklif etapti. Bu tadbir orqali kompaniya ilgari o‘zi to‘g‘risida salbiy munosabatda bo‘lgan turli ta'lim muassasalari ishonchini qozonishga umid qilapti.


Yevropa Ittifoqiga a'zo 27 mamlakat barcha jamoat hukumat ma'lumotlarini raqamlashtirishi va ochiq ko‘rinishda internetga joylashtirishi shart. Bu haqda uyushma komissari Neli Kroyes ma'lum qilgan. Umumfoydalanishga mo‘ljallangan bu ma'lumotlar sirasiga har xil hisobotlar, blanklar, formularlar, ma'lumotnomalar, jumladan, ob-havo ma'lumoti, statistika va hokazolar kiradi.


AQShda 186 Gbit/soniya tezlikdagi ma'lumot uzatish texnologiyasi sinovdan o‘tkazildi. Yangi texnologiya ulkan hajmli ma'lumot, aytaylik, yuqori sifatli videoni juda olis masofaga, masalan, okean tubi orqali yetkazishda qo‘llanilishi mumkin. Bunda hozir amalda bo‘lgan 40 Gbit/soniyali magistral kanallardan foydalanish mumkin.

Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 873 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика