Наш опрос | |
Статистика |
Xozir saytda 117 Mehmonlar 117 A'zolar 0 |
|
| | |
|
15:00:08 “Wall Street” “bosqin” ostida |
Ikki haftadirki, dunyo iqtisodining yuragida joylashgan “Wall Street” (“Devor” ko‘chasi)da yuzlab amerikaliklar namoyishga chiqmoqda. Ular dunyo moliyaviy inqiroziga sababchi bo‘lgan yirik moliya korporatsiyalariga qarshi chiqib, odamlarni ushbu biznes imperiyalari joylashgan “Wall Street” ko‘chasini bosib olishga undamoqda.
Shanba kuni kechqurun namoyishchilar yo‘lovchi yo‘lagidan chiqib, Bruklin ko‘prigi tomon katta qatnov yo‘liga chiqqanlar. Natijada namoyishda ishtirok etayotgan yetti yuzdan ortiq kishi politsiya tomonidan hibsga olingan. Kuzatuvchilarning aytishicha, namoyishchilarni hibsga olish va shu bilan ularni tarqatib yuborish maqsadida politsiyachilarning o‘zlari namoyishchilarni katta yo‘lga chiqishga undagan.
Shu kabi namoyishlar poytaxt Vashington va Los Anjelosda ham boshlangani aytilmoqda. Moliyaviy inqirozga, asosan, bank va boshqa yirik moliyaviy korporatsiyalarning noqonuniy xatti-harakatlari sabab bo‘lgani va shunga qaramay, ularni inqirozdan saqlab qolish maqsadida hukumat katta miqdorda mablag‘lar ajratayotgani aholi orasida ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Qarzlari vaqtida to’lanmagan uylarning banklar tomonidan tortib olinayotgani va ishsizlik namoyishchilar e’tiroz bildirayotgan eng katta muammolardan.
|
Категория: DUNYO HABARLARI |
Просмотров: 797 |
Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|