Dushanba, 25.11.2024, 12:58:54
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 128
Mehmonlar 128
A'zolar 0

18:22:02
Uyaliy Aloqa Soliqqa Zarari Mayli ... Manavyat Kushandasiga ayainishi

Texnika haqida aytarli tasavvur yo`q paytlar bugunning bu taxlit taraqqiylashib ketishi kimning ham tushiga kiribdi, deysiz. To`g`ri-da, biror hodisa haqida o`zga birovga xabar yetkazish uchun kamida kunlab, haftalab, boringki, oylab vaqt kerak bo`lgan. Har holda Yevropadan Osiyoga jo`natilgan maktub daqiqalarda yetib kelmagani aniq.

"Bir zamonlar”ni o`tmishda qoldirib, kutilgan, lekin bunchalik bo`lishi xayolga kelmagan davrda yashayapmiz. Uzoqda o`qiyotgan do`stim bilan yuzma-uz turib  suhbatlashgandek bo`laman. Uzoq masofalarni chetlab o`tib, internet va telefon orqali yo`qlashamiz — quvonchni ham, g`amni ham birdek baham ko`ramiz. 

Aloqa vositasining bu turlari hayot tashvishlariga o`ralashib qolganiga esa ancha bo`lgan. O`g`lining bir oz hayallab qolganidan xavotirga tushgan ona go`shakka qo`l cho`zadi. Oshiq yigit ko`ngil qo`yganiga izhori dil etmoqlik uchun munosib so`z topolmasa, o`shal yorga elektron noma yo`llashni ma`qul ko`radi. Ikki kunga deb qarz olgan-u, ikki oydan beri ko`rinish bermayotgan mutaxamni axtarib uyidan topolmasangiz, yana telefon joningizga oro kiradi va hokazo va hokazo. Ammo bu "hokazolar” ning hammasi ham siz-u bizning foydamizga xizmat qilavermaydi. Uyali telefon ixtiro qilingunga qadar olimlar ozmuncha ter to`kkanmi axir? 

Zamondan orqada qolishni ep ko`rmaslik, balki undan oldinroqda yurishga odatlanganlik tufaylimi, "so`kong`ich” abonentlar safi ham kengaygandan kengaydi. Bugunga kelib, madaniyat, did, farosat, axloq borasida gap ketgudek bo`lsa, endilikda kiyinish, salomlashish, mehmon kutish kabilar qatoriga telefonda suhbatlashish odobini ham kiritib qo`yish kerakdek, nazarimda.

Biz tomonda ko`pni ko`rgan keksalar erta bilan turishni, sahar chog`i derazani ochib qo`yishni to`xtovsiz uqtirishadi. Ularning aytishicha, bu payt xonaga farishtalar kirarkan. Chindan ham shunday bo`lsa, telefonni qulog`idan beri qo`ymayotgan, tongga boribgina ko`rpa-yostig`ini qidirib qolayotgan ba`zilarning derazasiga achinib ketasan kishi. Chunki bu derazalar oldida farishtalar qanot qoqmaydi-da. Agar deraza ichkarisida qizlar yashayotgan bo`lsa, yanada ayanchli!

Uyali aloqa shunchalik "qudrat”ga egami? — degan savol o`ynaydi miyamda. Uning oldida yorug`lik tezligi toshbaqa yurish qilayotganga o`xshab tuyuldi menga.

Darvoqe, viloyat telekanallarida beixtiyor bir holatni ko`rib hayratim oshdi. Televizorda yoshgina yigitcha yor hajrida nola chekib, ming azobda qo`shiq aytadi. Bu payt  ekranning ost qismidan hayratomuz  SMSlar birin-ketin chiqib kelaveradi. Ularning deyarli barchasi taxminan mana bunday mazmunda: "Aqlli, esli-hushli qizlar bilan tanishaman!” Bu ham mayliku-a, "falon joydan, falon yoshda bo`lsin” deya qo`yilgan "talablar” ham qo`yishadi. Hatto beandisha yigitlar "falon qishloqdagi falonchi boboning pismadonchi qizini yaxshi ko‘raman” degan SMSlarni yuborishadi. Endi "falonchi bobo”ning qishloqda bosh ko`tarib yurishini tasavvur qilib ko`ring.

Umuman olganda, uyali aloqaning foyda-zarari to`g`risida ko`p narsani bilamiz, ko`rganmiz, guvoh bo`lganmiz. Bittagina "lekini” unga amal qilmaymiz, xolos. Mana masalan, ularning miyaga salbiy ta`siri, buning oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar haqida tasavvurga egamiz. Ammo "o`sha kasallik kelib-kelib meni tanlarmidi” qabilida ish tutamiz. Tanlaganida esa "poyezd ketib bo‘lgan”, vagonlardan biriga tirmashib sog`liq ham bizdan uzoqlashgan bo`ladi. Telefon vaqtni o`g`irlaydi deya soatlab bahslashib qolamiz gohida. Qarang, shuni ham fahmlayapmiz. Lekin, o`zimizni "hayotning qaynoq jabhasida” turgandek his qilib, aloqada davom etamiz. Uyqu istagidagi organizmning bor-yo`q energiyasini tuni bilan sarflab, ortiqcha qiynab qo`yishimizga aqlimiz yetadi. Yana ham o`z bilganimizdan qolmaymiz. Eng yomoni, oramizda mobil telefon xotirasini axloqqa yot tasvirlar, behayo suratlar, beandisha kliplar va allambalolar bilan "boyitish”ni kanda qilmaydiganlar ham yo`q emas. Dahshatlisi, bunday kadrlarni yig`ib-terib yuradiganlarning aksar qismini bolalar tashkil qilmoqda.

Bu ham yetmagandek, ba`zida qo`ng`iroq qila turib, "Kim bu?” so`rog`ini beradigan ayrim kishilarni sira tushunmayman. Bu holat uy raqamingizni terib, "Hozir qayerdasiz?” degan bilan barobardir. Bularning har ikkalasi ham bizga nisbatan bee`tiborlik, loqayd bir kayfiyatni ifodalaydi. Bundan tashqari, suhbatdosh bilan muloqotda alohida muomala talab qilinadi. Go`shakni yosh bola ko`tarsa, unga bolalarcha gapiriladi, yoshi kattaroq bo`lsa, ohangimiz jiddiy tus oladi. Bunda muomala odobi alohida inobatga olinadi. Shunga qarab aloqani iliq va davomli qilishimiz  mumkin yoki aksincha...

Tan olish kerakki, uyali aloqasiz biror ishni ko`ngildagidek bitkazish bugun ilojsiz. Uning maqsadi o`z ma`nosi bilan aloqani ta`minlashdir. Musiqa, rasm, video singari qo`shimcha imkoniyatlar alohida masala, alohida muammo. "Musiqa tinglama!”, "Noma`qul narsalarni ko`rma!” degan nasihatomuz buyruqlar bilan ish bitmaydi. Oxirgi gap har kimning ham o`zida qolgan: xohlasin tinglasin, eshitsin, ko`rsin, xohlasin yo`q. "Xizmat doirasidan tashqari”ga chiqsak-da, asosiysi, odamiylik doirasidan tashqariga chiqmasak bo`lgani.


Категория: SHOU BIZNES | Просмотров: 917 | Добавил: Admin | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 1
Malinkaya Спам
18
04.2012
MALUMOT UCHUN RAXMAT
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Aprel 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика