"Barcha ezgu niyatlarimizning markazida
farzandlarimizning ham jismoniy, ham ma’naviy jixatdan sog‘lom va
barkamol qilib o’stirish, ularning baxtu-saodati, farovon kelajagini
qurish, dunyoda xech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi
turadi"
I. A. Karimov
Navoiy shahriga oxirgi marta qachon tashrif buyurdingiz?
Bu savolni bejiz bermadim. Chunki viloyatning har bir fuqarosi o‘z ona
shahrini tanib bo‘lmas darajada o‘zgarganini ta’kidlayotir. Shaharda
"Umid nihollari – 2012” sport musobaqalarining bayramona shukuhi hukm
surmoqda.
Yoshlar kamoliga bo‘lgan e’tibor yurt kelajagi bilan
uyg‘unligi yaxshi ma’lum. Shuning uchun ham kelajagimiz egalarini
sog‘lom, jismoniy, baquvvat qilib tarbiyalashga istiqlolning ilk
kunlaridanoq alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar o‘rtasida ko‘plab sport musobaqalari tashkil
etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazib kelinmoqda. Shulardan biri umumiy ta’lim
maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Umid nihollari” sport
musobaqalari - bu musobaqa maktabdan boshlanib, keyin shahar va tuman,
viloyat va respublika bosqichi o`yinlari o`tkaziladi. Ushbu
bellashuvlarda toblangan ko‘plab yoshlar bugungi kunda xalqaro
maydonlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Kichik
olimpiada deya ta`rif etilayotgan "Umid nihollari” sport musobaqalariga
mezbon Navoiy shahri, tashrif buyurajak mehmonlarga katta taasurot
qoldirishiga aminman.
Barchani
do‘stlik va yoshlik shahri Navoiyda kutib qolamiz.
Firuz
Xalilov
|