Hurmatli hamyurtlar! Sizga shuni ma'lum qilamizki, oxirgi paytlarda paydo bo'lgan MChJ XK "COSCOM" ("Ucell" SB) yopilishi xaqidagi mish-mishlar umuman asossiz va be'mani. Bunday harakatlarni "sabotaj" va abonentlar hamda uyali aloqa kompaniyalari orasida nosog'lom muhitni vujudga keltirish deb hisoblasa bo'ladi. Ucell tarmog'ini rivojlantirish uchun juda katta investitsiyalar, abonentlarni qo'llash uchun ko'plab loyihalar, tehnik ta'minotni yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar-bu Siz bilan uzoq muddatli va samarali munosabatlarimizning garovidir! Ucell xavfsizlik idoralariga shu mish-mishlarning manbaini topishga ko'maklashish va yolg'on ma'lumotni tarqatishni oldini olishga taaluqli chora-tadbirlarni ko'rish va ichi qora insonlarga abonentlar va uyali aloqa operatorlari orasiga nizo solishga yo'l qo'ymaslikda yordam berishni so'rab murojaat qildi. Hushyor bo'ling va turli xil mish-mishlarga quloq sol'mang, shu bilan birga oldindan yolg'onligi ma'lum bo'lgan ma'lumotni beixtiyoriy tarqatuvchisiga aylanib qolmang!www.MegaFan.uz