Hurmatli abonentlar, sizga shuni ma’lum qilamizki, yangi billing
tizimiga o’tish munosabati bilan 25.05.2012dan 31.05.2012gacha bo’lgan
vaqt mobaynida Kompaniya xizmatlari faoliyatida va ularga to’lovlarni
amalga oshirishda, shu bilan birga qo’shimcha xizmatlarni
yoqish/o’chirishda vaqtincha muammolar vujudga kelishi mumlin. Avvalgi
yoqtirilgan barcha xizmatlar oddiy tartibda amal qiladi.
25.05.2012 yil soat 23:45dan 26.05.2012 yil 10:00gacha vaqt mobaynida
Kompaniya xizmatlari uchun to’lovlarni amalga oshirish bilan bog’liq
bo’lgan noqulayliklar yuzaga kelmasligi maqsadida hisobingizni oldinroq
to’ldirishingizni so’raymiz. Shuningdek, ushbu vaqt obaynida Prepaid
tizimi abonentlari uchun rouming xizmati, xalqaro qo’ng’iroq va
SMSlardan foydalanish imkoni bo’lmaydi.
2012 yil 31 maygacha "Shaxsiy kabinet” faoliyati to’xtatib qo’yiladi.
Vujudga kelgan noqylayliklar uchun uzr so’raymiz.
UCELL
|