Shveytsariyada pochta markalarini SMS-xabarlarga almashtirish taklif etildi. Bu haqda pochta xizmatining saytiga joylashtirilgan press-relizda so'z boradi. Endi marka sotib olib, uni konvertga yopishtirish o'rniga, maxsus raqamga xabar yuboriladi. Javob xabarida foydalanuvchiga kod keladi, uni konvertning yuqori tomondagi o'ng burchagiga yozish kerak. Xatga ishlov berilganida, u jo'natish to'lovi amalga oshirilganiga dalil bo'lib xizmat qiladi. Ushbu yangilik hozircha test rejimida ishlayapti. Tajriba sinov jarayoni bir yil davom etadi.
|