Qandoq ekan yor vasliga yetish baxti, Olovlardan uch aylanib o’tish baxti. Qandoq ekan begoyimday davr surgan, Ota uydan begonadek ketish baxti. Avval chalgan kuyingizga begonasiz, Kelinsizu to’yingizga begonasiz. 18 yil supurdingiz bu xovlini, Endi issiq uyingizga begonasiz.
Kecha sizni dunyolarga bermasdilar, Bugun sizni tillolarga alishdilar Xalq bilmasa bir gap aytib kelarmidi, Atir gullar nur borda joyda so’larmidi.
Ming urunmang kuldan devor bo’lmagandek, Qaynonadan ona bunyod bo’larmidi. Taqdir sizga tillo taxtlar ato etsin, Toyday o’g’il shiddat shaxtlar ato etsin. Duoga qo’l oching tilak aytadurmiz, Olloh sizga oyday baxtlar ato etsin. O’kinmang xech qachon baxtim kam deya, Endi ko’zlarimda mudom nam deya.
Siqilmang bu dunyo bir kam deya, Siz xali xammadan baxtli bo’lasiz.