Jasur Umirov Adijonga tashrif buyurib, 3 kun mobaynida muxlislar
qurshovida qo`shiqlarini kuyladi. Konsertlar 15-may
kuni Xonabod Qorasuvda, 16-may kuni Paxtabod Asaka va 17-may kuni
Andijon
shahri A.Navoiy amfiteatrida bo`lib o`tdi. Andijondagi konsertida
kutilganidan ham ko`p
tomoshabinlar keldi. Konsertni
"Ovchilar” deb nomlanga qo`shiq bilan boshlab jami 19 ta qo`shiq
kuyladi. Shulardan "Ko`zlaringda
yosh”, "Kechir”, "Oysha”, "Hanifa”, "Hay bola” kabi qo`shiqlarni
olqishlar
bilan qarshi olishdi. "Daryolar bo`yida”, "Odamlarning to`yida” va
"Jumagul”ning naqoratlarini
Umirov barcha
muxlislari bilan jonli ijroda kuyladi. Eng shov-shuvlisi xonandaning
vodiyga atab qo`shiq aytgani bo`ldi! Muxlislar o`rnidan turib,
qo`llarini baland ko`tarib bu qo`shiqni tinglashdi. Sovg`alarning
kutilmagani, naq 1.5 metr keladigan ayiq va 30 metr
keladigan xat bo`ldi. Gullarning esa sanog`i yo`q!
"Og`ri” haqida kuylayotgan
Jasurga xuddi shu ta`rif muxlisalardan qaytdi! "Jumagul” jo`r bo`lib
so`ralganida, u boshqacha yo`l tutdi: yangi xiti "Odamlarni to`ylarida”
degan qo`shig`ini sovg`a qildi! Jasur Umirov muxlisparvar
ekanligini isbotladi. Afrosiyob mehmonxonasiga kelib, deyarli 1 soat
davomida muxlislari bilan suratga tushdi. 22:10da Farg`ona
viloyatiga jo`nab ketdi.