Наш опрос | |
Статистика |
Xozir saytda 116 Mehmonlar 116 A'zolar 0 |
|
| | |
|
06:34:42 Odam qanday o’ylaydi? |
Bu savol insoniyatni butun tarixi mobaynida qiziqtirib keladi. Ammo, tadqiqotchilar juda ko’p axborot to’plaganlariga qaramay, biz hanuz bu savolga javob bera olmaymiz.
Bizning barcha tafakkur jarayonlarimiz miyaga jamlangan. Sezgi organlarining signallari sertarmoq nerv sistemasi orqali aynan shu yerga yo’llaniladi. Miyada ular ishlanadi, anglab yetiladi. So’ngra miya buyruq beradi va nerv impulslarini muskullar va organlarga qayta yo’llaydi.
Markaziy nerv sistemasining asosiy qismlari miyada va miyachada to’plangan. Umurtqa suyagi va orqa miya ham markaziy nerv sistemasiga kiradi. Nerv sistemasi qismlardan biridagi sezilarsiz shikastlanish ham og’ir falajlikka olib kelishi mumkin.
Miya hujayralarning ko’p sonli qatlamlardan tarkib topadi. Uning tuzilishi nihoyatda murakkab. Bosh miyaning asosiy qismi qobiq hisoblanadi. Bu miya ustini qoplab turuvchi yupqa, 1,5 dan 3 millimetrgacha bo’lgan hujayralar qatlamidir. Ular sonini ko’paytirish uchun qobiq burmalari egri-bugriliklar hosil qiluvchi ariqchalar bilan qoplangan.
Bu miyaning barcha sezgilari: ko’rish, eshitish, nutq, harakat, muvozanat, xotira, tasavvur markazlari joylashgan eng murakkab qismidir. Inson xulq atvorini belgilovchi barcha tafakkur jarayonlari aynan shu yerda sodir bo’ladi.
|
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR |
Просмотров: 1742 |
Добавил: Admin
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|