Dushanba, 25.11.2024, 13:02:43
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 131
Mehmonlar 131
A'zolar 0

08:29:58
O‘zbekiston qurolli kuchlarining 20 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Sizlarni, o‘z hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob vazifaga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 20 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat yetkazadi.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy talablarni, yuz berishi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlar teatrining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, Qurolli Kuchlarning tashkiliy-shtat tuzilishi prinsipial jihatdan o‘zgartirildi, tezkor-strategik boshqaruv, operativ tayyorgarlik va qo‘shinlarni jangovar qo‘llashning haqiqiy markaziga aylangan Birlashgan shtab boshchiligida qo‘shin turlarini samarali boshqarish tizimi yaratildi.

Harbiy okruglar tuzildi, Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashning zamonaviy talablarga javob beradigan tizimi shakllantirildi, harbiy operatsiyalar amalga oshiriladigan eng muhim yo‘nalishlarda harakatchan, yaxshi ta’minlangan bo‘linmalar, birinchi navbatda, sarhadlarimiz daxlsizligi va odamlarimizning tinch-osoyishta hayotini buzishga qaratilgan har qanday yovuz kuchlarning tajovuzkor xatti-harakatlariga qat’iy zarba berishga qodir bo‘lgan Maxsus operatsiyalarni amalga oshiradigan kuchlar, Terrorchilikka qarshi kurashish korpusi batalyonlari tuzildi.

Umumqo‘shin brigadalari bo‘linmalari tarkibiga vertolyot texnikasining berilishi ularning jangovar imkoniyati va qudrati, harakatchanligi, shiddatli ravishda kechadigan tezkor operatsiyalarni bajarish qobiliyatini sezilarli ravishda oshirdi.

Ayni paytda milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash sohasida keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Armiyamizning serjantlar tarkibini, shuningdek, strategik fikrlaydigan, intellektual saviyasi yetuk ofitser kadrlar va qo‘mondonlik tarkibini tayyorlash jarayoni prinsipial jihatdan yangicha o‘quv-texnik va ma’naviy-axloqiy asosda tashkil etilganini alohida ta’kidlash lozim.

Muddatli harbiy xizmat bir yil etib belgilandi. Chaqiruvning o‘zi esa bir yilda bir marta amalga oshirilmoqda. Safarbarlik-chaqiruv rezerv xizmati joriy etildi. Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizdagi harbiy xizmatchilarning yarmidan ko‘pini shartnoma asosida xizmatga chaqirilgan askar va serjantlar tashkil etmoqda. Bularning barchasi armiyamizning qiyofasi va jangovar imkoniyatlarini, harbiy jamoalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni tubdan o‘zgartirish imkonini berdi.

Biz harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlash, ular uchun zarur uy-joy va maishiy sharoitlarni yaratishga muhim ahamiyat berib kelmoqdamiz. Faqat keyingi besh yilda barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning oylik maoshi o‘rtacha uch karra oshgani, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning oylik maoshlari va harbiy xizmatdan bo‘shaganda to‘lanadigan yordam puli miqdori esa sakkiz barobar o‘sgani ham shundan dalolat beradi.

Amalga oshirilgan ana shunday keng ko‘lamli ishlarimiz yakunlarini baholar ekanmiz, armiyamiz hozirgi kunda nafaqat Vatanimiz chegaralarini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilmoqda, ayni vaqtda mustahkam iroda va xarakter, mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadigan, jismoniy chiniqish va yuksak insoniy fazilatlar kamol topadigan haqiqiy professional malaka oshirish maktabiga aylanmoqda, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Bir so‘z bilan aytganda, armiya xizmati tom ma’noda mardlik va matonat fazilatlarini tarbiyalash, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish maktabiga aylanmoqda.

Qadrli do‘stlar!

Hozirgi bosqichda Qurolli Kuchlarimizni isloh etish va uning jangovar tayyorgarligini oshirishning ahamiyati eng avvalo dunyo shiddat bilan o‘zgarayotgan, Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazi atrofidagi vaziyat tobora keskinlashayotgan bir sharoitda qarama-qarshilik, xavfsizlikka turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotganini hisobga olganda, mintaqada yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat bilan belgilanadi.

Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati, ulkan mineral-xomashyo resurslariga ega ekani tufayli keyingi yillarda yirik davlatlarning doimiy diqqat markazidagi obyektga, ularning strategik manfaatlari to‘qnashadigan hududga aylanmoqda, shu bilan birga, o‘ttiz yildan ziyod vaqt mobaynida urush davom etayotgan Afg‘onistondagi keskinlik va qarama-qarshilikning hali-beri saqlanib kelayotgan ta’siri ostida qolmoqda.

Amerika kontingenti va xavfsizlikka ko‘maklashadigan xalqaro kuchlarning 2014-yilda Afg‘onistondan olib chiqib ketilishining e’lon qilinishi va kelgusida bu qarorning amalga oshirilishi terrorchilik va ekstremistik faoliyatning kengayish xavfining kuchayishiga, mazkur ulkan mintaqada keskinlik va qarama-qarshilikning ortishiga, bu yerda doimiy beqarorlik manbai yaratilishiga olib kelishi mumkin.

Mintaqada joylashgan ayrim mamlakatlardagi ijtimoiy norozilikning kuchayishi, ekstremistik kuchlarning safiga yangi-yangi a’zolarni jalb etish uchun qulay zamin tug‘dirayotgan, yomonlashib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikka qarshi jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda.

Shu borada ixcham, harakatchan qism va bo‘linmalardan foydalangan holda, qo‘qqisdan, shiddatli va tez amalga oshirilishi bilan ajralib turadigan zamonaviy jangovar operatsiyalarni o‘tkazish shart-sharoiti va xarakteri tubdan o‘zgarganini doimo nazarda tutish lozim.

Bugungi kundagi harbiy mojaro va mahalliy urushlardagi jangovar operatsiyalarning tahlili shundan dalolat bermoqdaki, maxsus vazifalarni bajaradigan prinsipial jihatdan yangi jangovar tizimlarni, bir-biri bilan bevosita jangga kirmasdan harbiy harakatlar olib borish shakllarini va eng yangi axborot texnologiyalarini, zamonaviy, yuqori darajadagi aniqlik bilan zarba beradigan qurol-yarog‘ turlarini qo‘llagan holda urush olib borish usullaridan tobora keng foydalanilmoqda.

Lo‘nda qilib aytganda, Markaziy Osiyo va dunyoda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, harbiy-siyosiy vaziyatni baholash mintaqadagi tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotga nisbatan tahdidlarning kuchayish tendensiyasi tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Bularning barchasi mamlakatimizning butun mudofaa va xavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha oldindan ishlab chiqilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishni, Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va harbiy tayyorgarligini har tomonlama mustahkamlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishni taqozo etmoqda.

Bugungi vujudga kelgan sharoitda Mudofaa vazirligi, Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi, harbiy okrug va qo‘shin turlari qo‘mondonlari, brigada komandirlari, butun ofitserlar korpusi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 20 yilligi munosabati bilan qabul qilingan Direktivasida bayon etilgan ustuvor maqsad va yo‘nalishlarni amalga oshirishni o‘zining eng muhim vazifasi deb hisoblasin.

Bu borada mintaqamizda yuz berishi mumkin bo‘lgan jangovar harakatlar teatri sharoitida tajriba to‘plashni yanada oshirish, zamonaviy harbiy operatsiyalar o‘tkazishning asosiy tamoyil va usullariga oid bilimlarni takomillashtirish va chuqurlashtirish, qo‘shinlarda favqulodda murakkab va keskin sharoitlarda vaziyatni tez va to‘g‘ri baholay olish va qaror qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash, zamonaviy jangovar operatsiyalarda zamonaviy va yuqori darajadagi aniqlik bilan zarba beradigan qurol-yarog‘larni qo‘llash asoslarini puxta egallashga alohida e’tibor qaratish zarur.

Qurolli Kuchlar va harbiy okruglar qo‘mondonligi tomonidan zamonaviy harbiy harakatlar teatri sharoitida jangovar operatsiyalarni o‘tkazishning turli modellarini o‘zlashtirishning maktabiga aylanishi lozim bo‘lgan qo‘mondonlik-shtab va taktik o‘quv mashqlarini rejalashtirish, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga o‘ta jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.

Qism va bo‘linmalarni zamonaviy qurol-yarog‘ hamda texnika va ularning faoliyatini ta’minlaydigan vositalar bilan qayta jihozlash, mavjud qurol-aslaha va harbiy texnikani jangga shay holatda tutish va modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan qudratli ta’mirlash bazasini yaratish masalalari bundan buyon ham e’tiborimiz markazida turishi darkor.

Qo‘mondonlik va serjantlar tarkibi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi tubdan yaxshilashni talab etmoqda. Harbiy ta’lim va jangovar tayyorgarlikni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirishning eng muhim shartidir.

Serjantlar o‘rtasida komandirlik va yetakchilik fazilatlarini yanada rivojlantirish, ular tomonidan jangovar tayyorgarlikni tashkil etishning eng yangi shakllari, usul va uslublarining o‘zlashtirilishi, shaxsiy tarkibning ularga ishonib topshirilgan zamonaviy qurollar va harbiy texnikani mohirlik bilan ishlatishi, shuningdek, boshlang‘ich bo‘linmalarda ma’naviy-axloqiy muhit va tartib-intizomni yaxshilashda serjantlarning rolini kuchaytirish borasidagi ishlarni davom ettirish zarur. Buning uchun o‘zaro musobaqa muhiti, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish sharoitini yaratish kerak.

Qurolli Kuchlarning harakatchanligi va jangovar qobiliyatini oshirish maqsadida jangovar vzvodlarning yuksak tayyorgarlik darajasini ta’minlash muhim vazifa bo‘lib qolishi zarur. Bu vazifani amalga oshirish harbiy harakatlar teatrining o‘ziga xos xususiyatlari, harbiy operatsiyalarni o‘tkazish taktikasi o‘zgargan sharoitda vzvodlarning tobora ortib borayotgan roli va ahamiyatini belgilab berishga qaratilgan dastur, nizom va rejalar, bir so‘z bilan aytganda, barcha asosiy hujjat va qoidalarni qayta ko‘rib chiqishni talab etadi.

Vzvod oldiga qo‘yilayotgan vazifalarning murakkablashuvi va kengayishi, uning roli keskin kuchayishi bilan vzvod komandirlariga va ularning professional tayyorgarligiga nisbatan talablar ham oshib bormoqda. Bugungi kunda vzvod komandiri har tomonlama keng bilim va yuksak professional mahoratga ega ofitser bo‘lishi, favqulodda va keskin sharoitlarda o‘zi mustaqil ravishda nostandart qarorlar qabul qila olishi, o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘linmalarni jangda ham, kundalik faoliyatda ham mohirlik bilan boshqara olishi darkor.

Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibining ijtimoiy-maishiy, yashash va xizmat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlarimizning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘lib qolishi kerak.

Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish masalasiga alohida ahamiyatga molik vazifa sifatida qarash zarur. Nega deganda, bugungi zamonda faqat ijtimoiy jihatdan yaxshi ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shu bilan birga, puxta tayyorgarlikka ega bo‘lgan, kuchli, har tomonlama ta’minlangan Qurolli Kuchlargina davlatimiz xavfsizligini ta’minlashga qodir bo‘ladi.

Hurmatli vatandoshlar!

Mana shu qutlug‘ ayyomda sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 20 yilligi bilan tabriklar ekanman, Qurolli Kuchlarimiz saflarida bugun jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib xizmat qilayotgan, mashaqqatli mehnati, kerak bo‘lgan paytda esa o‘zining hayotini ham bag‘ishlab Vatan himoyasi yo‘lidagi sharafli burchini ado etayotgan barcha harbiy xizmatchilarga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

Sizlarning oila a’zolaringiz va yaqinlaringizga o‘zimning samimiy hurmat va ehtiromimni izhor etaman. Mehribon ota-onalaringiz, umr yo‘ldoshlaringiz, o‘g‘il-qizlaringiz ona yurtimiz ravnaqi uchun munosib, jangovar xizmat qilayotgan o‘z farzandlari, turmush o‘rtoqlari va otalari bilan har qancha faxrlansa arziydi, albatta.

Yangi 2012-yilda barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt va omad yor bo‘lsin!

Islom Karimov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni

Просмотров: 1668 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: vatan, 20, yilligi, himoyachilariga, bilan, O‘zbekiston, kuchlarining, bayram, munosabati, qurolli | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
Furqat Спам
16
01.2014
Iltimos xarbiylar qöwiqlarini yuklang.
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика