Dushanba, 25.11.2024, 13:47:17
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 36
Mehmonlar 36
A'zolar 0

18:44:25
O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining ko‘rsatkichlari rasmiy hujjat sifatida tarqatildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida BMT Bosh Assambleyasining qayta boshlangan 66-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida "O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillaridagi ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining asosiy tendensiyalari va ko‘rsatkichlari hamda 2012-2015 – yillar uchun prognozlar” nomli axborot materiali tarqatildi.

Hujjatda qayd etilishicha, mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining sur’atlari markazlashgan-rejali tizimdan erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha respublikada ishlab chiqilgan "o‘zbek modeli”ning samaradorligi, to‘g‘riligi va asosli ekanligini yaqqol namoyon qilmoqda. Ushbu modelning hayotga tadbiq etilishi tufayli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar muvaffaqqiyatli tarzda o‘tkazilgani alohida ta’kidlanadi.

"Mustaqillik davrida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi aholi xarid qobiliyati bo‘yicha 3,4 marta – 27,1 milliarddan 92,3 milliard AQSh dollariga, sanoat mahsulotlari hajmi esa 3 marotaba oshdi. 2004-yildan buyon respublika iqtisodiyoti yiliga 7-9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda. Mustaqillik davrida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning hissasi 17,6 foizdan 24 foizgacha, xizmatlar ulushi esa 33,8 foizdan 49 foizgacha o‘sdi. Avtomobilsozlik, neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati singari sanoatning yangi sohalari yaratildi”, deyiladi hujjatda.

Shuningdek, respublika qishloq xo‘jaligi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi don mustaqilligiga erishish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining ortishiga imkon bergani ham qayd etiladi.

Hujjatda respublika bank tizimining taraqqiyotiga alohida e’tibor beriladi. Yakuniy ko‘rsatkichlar tijorat banklarining keng tarmog‘i yaratilganidan, ular kapitali va resurs bazasining oshgani, bank tizimining sarmoyaviy faoliyatdagi ishtiroki kengaygani va aholi ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda barcha kreditlarning 75,2 foizini yangi korxonalar qurish, mavjud bo‘lganlarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan uzoq muddatli sarmoyalar tashkil etadi.

Mazkur hujjatda sarmoyaviy siyosat sohasiga ham e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kapital qo‘yilmalarining hajmi 11,6 marotaba oshgani qayd etiladi. "AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Yaponiya, Malayziya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya kabi mamlakatlarning yirik kompaniyalari, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va qator arab davlatlarining investitsion kompaniyalari yuqori qo‘shimcha  qiymatli yuksak texnologiya mahsulotlarini ishlab chiqarishga oid sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha asosiy hamkorlar hisoblanadi”, deya ta’kidlanadi hujjatda.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston izchil ravishda jahon xo‘jalik munosabatlari tizimiga kirib borgani ham ushbu axborot materialida qayd etiladi.  2008 yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti tashqi ta’sirlarga nisbatan barqaror ekanligini namoyon etgani holda, Inqirozga qarshi choralar dasturining amalga oshirilishi korxonalarni modernizatsiyalash va ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi.

"20 yil davomida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 27,1 baravar, jumladan, eksport 29,5 marta, import esa 24,2 marta oshdi. Tashqi savdodagi ijobiy saldo 53 martaga ko‘payib, bu oltin-valyuta zaxiralarining keskin ortishi va milliy valyutaning barqarorligini ta’minladi. Bugun O‘zbekiston yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlarni eksport qilgani holda, asosan, korxonalarni texnikaviy va texnologik modernizatsiyalashga mo‘ljallangan yuqori texnologiya asbob-uskunalarini import qilmoqda”.

O‘zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotida transport infratuzilmasi alohida ahamiyat kasb etishi ham ushbu hujjatda o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston transport sohasi rivojlanishidagi eng yirik loyihalardan biri Navoiy shahrida yangi xalqaro aeroport qurilishi va "Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududining yaratilishi hisoblanadi.

Yuqoridagilar bilan birga, mazkur hujjat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush tarzining barqaror o‘sishi misolida  respublikamiz ijtimoiy sohasida ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlari haqida ham ma’lumot beradi.

"Kuchli ijtimoiy siyosat, sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi natijasida so‘nggi 20 yil davomida aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 67,2 yoshdan 73,1 yoshga yoki 9 foizga oshdi. Mustaqillik davrida aholi jon boshiga real pul daromadlari 3,7 marotaba ko‘paydi. Mulk va tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar o‘sishi aholi daromadlarining umumiy hajmida 47 foizni tashkil qildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish doirasida ta’lim tizimi tubdan modernizatsiya qilindi. 1,6 million o‘ringa ega bo‘lgan 1,5 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar barpo etilishi va jihozlangani holda iqtisodiyot sohalarida talab mavjud mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida zamonaviy tashxis qo‘yish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlangan 3 000 dan ortiq qishloq vrachlik punktlari barpo etildi. Loyihalarni moliyalashtirishga Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, xorijiy mamlakatlar hukumat moliyaviy tashkilotlarining hammasi bo‘lib 335,1 million AQSh dollaridan iborat imtiyozli uzoq muddatli kreditlari, sarmoya va grantlari jalb qilindi”, deya ma’lumot beriladi hujjatda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ishlab chiqilgan mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalashning strategik yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, deya ta’kidlanadi mazkur hujjatda, O‘zbekiston iqtisodiyotining 2012-2015 – yillardagi taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va prognoz parametrlari belgilab olingan.

Xususan, O‘zbekiston zamonaviy rivojlanishining strategik ustuvor yo‘nalishlari sifatida o‘suvchan va muvozanatli taraqqiyot, chuqur tizimli islohotlarni davom ettirish, iqtisodiyotning yetakchi sohalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash, biznes bilan shug‘ullanish uchun yanada qulay sarmoyaviy muhit va ishbilarmonlik sharoitini shakllantirish, yuqori qo‘shimcha qiymatli raqobatbardosh zamonaviy texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, va eng avvalo, mavjud xom-ashyo resurslari chuqur qayta ishlanishi va iqtisodiyotimizning boshqa ustunliklaridan foydalanish orqali eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni rivojlantirish belgilangan.

Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlashda 2012-2015 – yillar uchun qabul qilingan va bir-biri bilan uzviy bog‘langan to‘rt yo‘nalishdagi strategik taraqqiyot dasturlari izchillik bilan hayotga tadbiq etilishiga o‘ta muhim o‘rin berilgan. Ular 77,4 milliard AQSh dollari miqdoridagi sarmoyalar hajmiga ega bo‘lgan sanoat, infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishi hamda moliya-bank sohasi isloh qilinishini qamrab olgan.

Hujjatda, shuningdek, yalpi ichki mahsulot hajmining 96 trillion 550 milliard so‘m (2011-yili 77 trillion 842 milliard so‘m) bo‘lishi kutilayotgani, YIM tarkibida sanoat ulushining 24 foizdan 28 foizgacha o‘sishi, servis infratuzilmasining kengayishi natijasida 2012-2015 – yillarda transport va maishiy xizmatlar hajmi 2,5 marta ortishi bashorat etilayotgani keltirilgani holda, bank tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ham o‘z aksini topgan.

Hujjat yakunida "keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarning davom ettirilishi, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun resurlar va imkoniyatlarning safarbar qilinishi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning izchilligi va tadrijiyligini ta’minlaydi, bu esa uzoq muddatli maqsadga – iqtisodiy taraqqiy etgan demokratik davlatlar safiga qo‘shilish hamda jahon hamjamiyatida munosib o‘rinni egallashiga imkon beradi”, deya alohida ta’kidlanadi.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 2170 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: rasmiy, hujjat, iqtisodiy, sifatida, ko‘rsatkichlari, taraqqiyotining, O‘zbekiston, tarqatildi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2012  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика