Davlat statistika qo’mitasi e’lon qilgan xabarga ko’ra,
O’zbekiston aholisi soni 28 mln. 639, 000 ga yetdi. 2010-yil oxirida
aholi soni 28 mln. 234, 000 edi. O’sish sur’ati 1.4 foizni tashkil
etmoqda.
Yangi ma’lumotga ko’ra, hozirda O’zbekiston aholisining
14 mln. 697, 000 nafari, boshqacha qilib aytganda, 51.3 foizi
shaharlarda yashaydi. Tug’ruq darajasi yanvardan iyungacha 18.8 pro
milni tashkil etgan. Bu o’tgan yilgi shu davrga qaraganda 1.6 pro milga
kam.
O’lim darajasi 4.8 pro mil bo’lib, bu o’tgan yilgi
ko’rsatgichga qaraganda 0.2 pro milga ko’p.
Iyun oyi oxirigacha
O’zbekistonda yangi 113,600 nikoh va 9,000 ajrashish ro’yxatdan
o’tkazilgan.