Dushanba, 25.11.2024, 12:41:28
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 128
Mehmonlar 128
A'zolar 0

08:44:42
Nokia kompaniyasi o‘zining Vertu telefonlarini ishlab chiqaruvchi bo‘linmasini sotmoqchi

Finlandiyaning telefon ishlab chiqaruvchi Nokia kompaniyasi hozirda o‘z boshidan judayam qiyin vaziyatni o‘tkazayotganligi hammamizga ma’lum. Shu sababdan kompaniya yaqinda o‘zining judayam qimmat telefonlar ishlab chiqaruvchi VertuThe Financial Times” gazetasi Britaniya ommaviy axborot vositalariga tayangan holda xabar qilgan. bo‘linmasini sotishga qaror qildi. Bu haqda "

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bitim bilan "Goldman Sachs” investitsion banki shug‘ullanadi hamda jarayon endigina boshlangan.

Nokia kompaniyasining rasmiy vakillari ushbu xabarga hali biror izoh berishgani yo‘q, chunki kompaniya ichida mazkur bo‘linmani sotish to‘g‘risidagi yakuniy qaror qabul qilinganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Vertu faqatgina hashamatli, judayam qimmat telefonlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi hamda Nokia ushbu bo‘linma faoliyati haqidagi statistik ma’lumotlarni ommaga e’lon qilmaydi. Biroq, ba’zi manbalarga ko‘ra, Nokia o‘zining ushbu bo‘linmasi faoliyatidan bir yilda o‘rtacha 200-300 million yevro daromad oladi.

Ma’lumot o‘rnida:

Nokia – jahonda mobil kommunikatsion texnologiyalar sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya mobil apparatlar ishlab chiqarish hamda mobil telefonlar va kommunikatorlar uchun dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish, ularni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Hozirda kompaniyada butun dunyo bo‘ylab 136 ming kishi mehnat qilmoqda (bunga "Nokia Siemens Networks” qo‘shma korxonasidagi ishchilar ham kiradi).

O‘tgan 2010-yilda kompaniya jami 453 million dona mobil qurilma sotishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, so‘nggi yillarda Nokia kompaniyasining jahon bozoridagi ulushi tinmay kamayib bormoqda. Xususan, 2011-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra uning jahondagi ulushi 23 foizni tashkil qilmoqda. Smartfonlar savdosi bo‘yicha esa Nokia uchinchi o‘ringacha tushib ketdi, bu borada hozirda Janubiy Koreyaning Samsung va AQShning Apple kompaniyalari yetakchilik qilmoqda.

Elita telefonlar ishlab chiqaruvchi Vertu kompaniyasi 1998-yilda tashkil qilingan bo‘lib, hozirda u Nokia kompaniyasi tarkibiga kiradi. Uning bosh ofisi Angliyaning Cherch-Krukxem shahrida joylashgan.

Vertu o‘z telefonlarini bezashda ba’zi qimmatbaho metallar, teri, yoqut oyna va javohirlardan foydalanadi. Kompaniyaning apparatlarini sotib olganlar "Vertu Concierge” servisiga ham a’zo bo‘lib, ushbu xizmat yordamida ular restorandan joy band qilish, taksiga buyurtma berish yoki samolyotga chipta buyurish kabi ishlarni qilishi mumkin.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 830 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: Nokia, telefonlarini, sotmoqchi, vertu, bo‘linmasini, ishlab, kompaniyasi, o‘zining, chiqaruvchi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика