Ushbu servis Sizga uzun gudoklar o’rniga mustaqil yaratilgan audio-kontentdan
foydalanish imkonini beradi. www.goodok.mts.uz
saytda "O'z musiqangizni yuklang" maxsus blogi yordamida "GOOD'OK
yarating" servisidan foydalanishingiz mumkin.
Shaxsiy kontentni ko’chirish parametrlari:
- Ko’chiriladigan faylning maksimal hajmi — 10 Mb,
- Fayl formati — mp3 yoki wav,
- Musiqa vaqti — cheklanmagan, biroq 40 sekunddan oshmaydi.
Foydalanuvchi ko’chirgan Shaxsiy kontent O’zR qonunchiligiga muvofiq
kelishi operator tomonidan albatta tekshiriladi (haqorat so’zlari,
reklama va hokazo).
Har bir Shaxsiy kontentni ko’chirish va foydalanish narxi kuniga QQS
bilan birga $0,10.
- Foydalanuvchilar tomonidan uchinchi shaxslarning qonun bilan
himoyalanadigan mulk va (yoki) shaxsiy nomulkiy huquqlarini va qonuniy
manfaatlarini, shu jumladan intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan
maxsus huquqlarni buzadigan kontent joylashtirilishi taqiqlanadi,
shuningdek kontent O’zR amaldagi qonunchiligi tomonidan taqiqlangan
axborotga ega bo’lmasligi kerak.
- Shartnomaga rozilik bildirgach, foydalanuvchi www.goodok.mts.uz saytida
joylashtirgan Shaxsiy kontenti uchun shaxsan o’zi javob berishini
zimmasiga oladi. Va, uchinchi shaxslar tominidan da’volar bo’lsa,
abonent bunday da’volarni mustaqil ravishda va o’z hisobidan hal
qilishni zimmasiga oladi.
- Operator sifati past bo’lgan Shaxsiy kontentni gudok sifatida
joylashtirmaslik huquqiga ega (shovqin-suron, jimjitlik, taraq-turuq
va hokazo)
- «GOOD’OK» xizmati orqali abonent joylashtirgan Shaxsiy kontentni
«Good’Ok sovg’a qil» servisi yordamida MTS-O’zbekiston
kompaniyasining boshqa abonentiga sovg’a qilib bo’lmaydi.
- «GOOD’OK» xizmati orqali abonent joylashtirgan Shaxsiy kontentni
boshqa abonentlar ko’chirib olishi mumkin emas.
Narxlar barcha soliqlarni hisobga olib
ko’rsatilgan.
|