Dushanba, 25.11.2024, 12:51:43
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 113
Mehmonlar 113
A'zolar 0

17:21:52
Mobil telefon qanchalik zararli?

Axborot texnologiyalari olamida yashayapmiz. Oramizda axborot texnologiyalarining qaysidir turidan foydalanmaydigan insonni topish qiyin bo‘lib qoldi. Deyarli hammaning qo‘lida mobil telefon, uyida yoki ishxonasida komputer, noutbuk, raqamli video yoki fotoapparat va hokazolar ishlatiladi. Tabiiyki, mazkur zaruriy qurilmalarning xususiyatlari haqida to‘liqroq ma'lumotga ega bo‘lishni istaymiz. Ushbu istakni qondirish maqsadida "Xabar” tavsiya qiladi” ruknini tashkil qildik. Yangi rukn ostidagi ilk maslahatlarimiz mobil telefonga bag‘ishlangan. Quyida har birimiz, oila a'zolarimiz, farzandlarimiz sog‘lig‘i uchun asqotishi mumkin bo‘lgan oddiy va tushunarli ma'lumot va tavsiyalar keltirilgan.

Saraton kasalligini tadqiq qilish bo‘yicha xalqaro agentlikning ma'lum qilishicha, mobil telefonlardan tarqaladigan elektromagnit to‘lqin konserogen (saraton keltirib chiqaruvchi) ta'sirga ega bo‘lishi mumkin. Bu ma'lumot mobil telefon apparatlarini tanlash va foydalanishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish haqida o‘ylashga majbur qiladi. Quyida qaysi telefon apparatlari zararli va zararsiz hamda ulardan qay tartibda foydalanish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tavsiyalarni beramiz.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Saraton kasalligini tadqiq qilish bo‘yicha xalqaro agentlik ekspert guruhining fikricha, mobil telefonlardan tarqaladigan nurlar xavfini inkor qilib bo‘lmaydi. Tadqiqotlar natijasida olimlar "elektromagnit to‘lqinlari insonlarda onkologik kasalliklar kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin", degan xulosaga kelishgan.

Bunday taxmin va qarashlar ancha avval ham aytib o‘tilgan. Ammo har safar bu mavzu ko‘tarilganida mobil telefon tarafdorlarining tanqidiga uchrab keladi. Shunday bo‘lsa-da, telefonda uzoq gaplashadigan va doimiy ravishda yonida olib yuradigan foydalanuvchilar sog‘lig‘iga salbiy ta'sir o‘tkazishini ko‘pchiligimiz tushunib yetganmiz. Telefonda gaplashganda bosh og‘rishi, quloq shang‘illashi ko‘pchilikda uchraydigan holat. Demak, mobil apparatdan me'yorida foydalanmaslik tezda o‘z salbiy ta'sirini namoyon qiladi.

Mobil telefon faqatgina so‘zlashuv vaqtida o‘zidan elektromagnit to‘lqinlarni tarqatmaydi, foydalanishsiz turganida ham yaqin atrofdagi baza stansiyalar bilan ulanish natijasida o‘z-o‘zidan faollashib turadi. Shuning uchun telefon apparatini tanlashda uning elektromagnit to‘lqinlarini kam tarqatishiga e'tibor berish zarur. Ekspertlar birinchi navbatda bu ta'sirdan bolalarni ehtiyotlash kerakligini ta'kidlashadi.

Telefonning insonga ta'sir darajasini qanday o‘lchash mumkin? Buning uchun butun dunyoda SAR ko‘rsatkichidan foydalaniladi.

SAR — U NIMA?

Nur yutilishining solishtirma koeffitsenti (Specific Absorption Rates, SAR) bir soniyada inson tanasidagi to‘qimalar tomonidan yutiladigan elektromagnit maydoni energiyasi miqdorini ko‘rsatadi. Telefon ishlab chiqaruvchilari har bir apparat tarqatadigan nurlanishni aniqlaydi va maksimal darajasini ko‘rsatadi. Elektromagnit nurlanishi 0,6 Vt/kgdan oshmaydigan apparatlar eng xavfsiz telefonlar hisoblanadi.

Albatta, mobil telefon xaridorlari apparat qutisidan kamdan-kam holatlarda SAR darajasi haqidagi ma'lumotni topa oladilar. Bunday ma'lumotlarni ko‘pincha internetdan qidirishga to‘g‘ri keladi. lanishi 0,6 Vt/kgdan oshmaydigan apparatlar eng xavfsiz telefonlar hisoblanadi.

Albatta, mobil telefon xaridorlari apparat qutisidan kamdan-kam holatlarda SAR darajasi haqidagi ma'lumotni topa oladilar. Bunday ma'lumotlarni ko‘pincha internetdan qidirishga to‘g‘ri keladi.

Nurlanish ta'sirini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar

ORALIQ. So‘zlashuvda imkon qadar kuchaytirilgan ovoz tartibida yoki quloqchindan iborat garnituralardan foydalaning.

QABUL QILISH SHARTLARI. Telefonning signalni qabul qilishi yomonlashishi uning kuchlanishini oshiradi. Shu sababli antenna yaxshi bo‘lmagan joy va hududlarda so‘zlashuvni kamaytirish yoki imkon qadar binodan tashqariga — ochiqlikka chiqib so‘zlashish lozim.

 ULANISH VAQTIDA. Chaqiruv amalga oshirilayotgan vaqtda telefonni qulog‘ingizga olib kelmang. Bu vaqtda telefonning elektromagnit to‘lqin tarqatish darajasi oshadi.

ANTENNA. Telefonning yuqori korpusini ushlab, qo‘ng‘iroqni amalga oshirmang. Aksariyat telefon apparatlarida antenna o‘sha qismida joylashgan bo‘ladi. Bu holatda antennaning samaradorligi pasayadi va telefonning kuchlanishi ortadi. Bu esa sog‘liqqa xavf oshganini bildiradi.

Категория: BILASIZMI? | Просмотров: 1774 | Добавил: Admin | Теги: zararli, telefon, qanchalik, MOBIL | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика