O‘zbekiston – Iordaniya uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy o‘yin natijasi uchun barchadan uzr so‘radi. Jamoa o‘yinchilariga hech qanday e’tirozi yo‘qligini, ularning guruh bahslarida ham, pley-off o‘yinlarida ham jon-jahdi bilan o‘ynaganini ta’kidladi.
"Endilikda, faqat Osiyo Kubogi saralashi haqida o‘ylamasdan, keyingi saralash kampaniyasi haqida ham o‘ylash kerak. Bugun bizni stadionda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislardan uzr so‘rayman. 2005-yilda ham shunday alamli tarzda mag‘lubiyatga uchragan edik”, — deya qo‘shimcha qildi Qosimov.
Murabbiy barcha aybni o‘z bo‘yniga olib, iste’fo so‘radi.