Dushanba, 25.11.2024, 12:52:50
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 114
Mehmonlar 114
A'zolar 0

18:22:11
Milliy "Elektron ta'lim" tarmog‘i ishga tushirildi
O‘zbekiston Milliy "Elektron ta'lim" tarmog‘i ishga tushdi. Shu munosabat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida loyiha hamkori — O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2011 yildagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan hukumat yig‘ilishidagi ma'ruzasida o‘quv jarayoniga keng polosali tarmoqlar va internet texnologiyalarini joriy etish maqsadida Milliy "Elektron ta'lim” tarmog‘ini qurib bitkazish hamda 2011 yili yagona komputer tarmog‘iga respublika oliy ta'lim muassasalarini, keyingi yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini ulash belgilangan edi.

Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda barcha oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallarini bog‘lovchi optik tolali aloqa kanallari asosidagi yagona, yuqori tezlikdagi Milliy "Elektron ta'lim" tarmog‘i qurilishini yakunladi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida 2011 yili 80ta oliy ta'lim muassasasi (shu jumladan, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, "Iste'dod" jamg‘armasi, 3ta markaz) tarmoqqa ulandi. 2012 yili esa ma'lumot uzatish tezligi 1 Gbit/soniyani tashkil etuvchi mazkur tarmoqqa 84ta obyektni ulash, har bir oliy o‘quv yurtida multimediali auditoriyalar tashkil etish rejalashtirilgan. 

Matbuot anjumani videokonferensaloqa ko‘rinishida o‘tkazilib, unda viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida joylashgan bir qator oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. 

Videokonferensiyada "Elektron ta'lim" tarmog‘ining imkoniyatlari, videotasvir, hujjatlar va boshqa ma'lumotlar uzatish usullari namoyish etildi.

Anjumanda "Elektron ta'lim"  tarmog‘ini yo‘lga qo‘yishdan maqsad va uning vazifalari to‘g‘risida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri birinchi o‘rinbosari M.Orifjonov yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. Loyihaning texnik xususiyatlari haqida esa "O‘zbektelekom" AK bosh direktori birinchi o‘rinbosari Q.Yuldashev ma'lumot berdi.

Matbuot anjumanidan so‘ng oliy o‘quv yurtlari videoko‘prik orqali o‘zaro fikr almashishdi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga O‘zAAA, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda oliy o‘quv yurtlari mutasaddilari javob berishdi.
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 832 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика