Meni sevmagan sevgilim! Ahvollaringiz qalay? Kimgadir cheksiz baht, yana kimgadir achchiq alamli iztiroblarni tuhfa etib yuribsizmi? Shular qatori meni ham sog'inch azobining qo'llariga yolg'iz tashlab ketdingiz. Osmon - osmon vadalarni berdingizu, ammo oddiygina vafoli yor bo'lolmadingiz. Ikkimizga yetadi digan sevgingiz yolg'iz o'zingizga ham yetmadi. Gohida sizni o'ylamayman ham, lekin gohida esa sog'inchlarim oldida ojiz bo'lib qolaman. Menga bunchalik bag'ritosh bo'lmagin derdingiz -u, lekin, o'zingiz... mendan ham o'tdingiz. Nahotki meni sog'inmayapsiz? Nahotki meni unutib yuborgan bo'lsangiz?! Bunchalar tez unitib yubormasangiz... menga ham o'rgating sog'inmaslikni, eslamaslikni, butunlay unitsihni menga ham o'rgating. Sizga nima yomonlik qilgandimki endi azobini tortvomman. Menda nima alamingiz bor ediki bunchalar aldadingiz. Shuncha aldovlaringiz uhchun nega aynan meni tanladingiz? Meni gunohim nima edi sizni sevganimmi yoki sizga ishonganim? Lekin men afsuslanmayman. Men sizsiz ham yashay olaman. Siz bo'lmasangiz ham hech narsa o'zgarmaydi, hayot ham to'xtab qolmaydi. Ko'p narsa yoqotmayman, faqatgina sevgimdan, sizdan boshqa. Yangi sevgi eskisini o'rnini bosib ketadi. Afsuslanaman faqatgina bir narsa uchun, u ham bo'lsa sizni deb yoqotganim ISHONCH uchun. Atrofdagilarga nisbatan bo'lgan ishonchim yoqolgani uchun. O'zim istamasam ham o'zgalarga ishonolmayman. Siz menga ravo ko'rgan azobli sevgingizni esa unitolmayman.