2012-yil 20-mart kuni soat kunduzgi soat 11:02 da (Toshkent vaqti
bilan kechki 11:02) Meksikaning g‘arbida – Oaxaka shahrida kuchli
zilzila yuz berdi. Bu haqda "The Wall Street Journal” nashri xabar
berdi.
AQSh Geologik tadqiqotlar markazining xabar
berishicha, zilzilaning magnitudasi 7,4 ballni tashkil qilgan.
Meksikaning o‘zi esa zilzila kuchini 7,8 ball deb ko‘rsatmoqda.
Meksika prezidenti Felip Kalderon o‘zining Twitter-akkaunti
orqali yer silkinishi natijasida jiddiy zararlar ko‘rilmaganini
ta’kidlab o‘tgan.
"Associated Press” agentligining xabar
berishicha, zilzila paytida AQSh prezidenti Barak Obamaning 13
yoshli qizi Malia Obama ham Meksikada ta’tilda bo‘lgan. So‘nggi olingan
ma’lumotlarga ko‘ra, prezidenting qiziga hech qanday jarohat yetmagan.
Hozircha halok bo‘lganlar yoki jiddiy jarohat olganlar haqida biror
rasmiy ma’lumot yo‘q
|