Nashr qilinmagan suratlar va telefon habarlari Maykl Jeksonning davolovchi shifokori Konrad Myurreyga nisbatan yangidan yangi ayblovlarini yuzaga keltirmoqda. Shifokor ustidan sud ishi Los Anjeles shaxrida bo’lib o’tdi. Unga, qo’shiqchining o’limiga javobgarlik va jinoiy loqaydlik ayblovi qo’yilmoqda. Sudga taqdim etilgan suratlarda Maykl Jeksonning so’nggi kunlaridagi ahvoli va o’limidan so’nggi holat muhrlangan. Ayblovchilarning ta’kidlashicha, shifokor propofol qilinganidan keyin bemorni yolg’iz qoldirmasligi kerak edi deb aytmoqda. Prokuratura Myurreyni professional sovuqqonlik va Jeksonga qilgan kuchli og’riq qoldiruvchi vositalar ineksiya qilgani haqidagi dalillarni suddan yashirganida ayblagan. Agar shifokorning ayblari isbotlansa, unga 4 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.