Prodyuser atamasini yaxshi bilasiz, bir ijodkorning shuhrat qozonishi uchun pul yoki kerakli narsalarni topib beradigan inson. Uning vazifasi qilinayotgan ishning barcha ikir-chikirlarigacha ta’minlab turish. Shou-biznesda bunday prodyuserlar bugun ko’pchilikni tashkil etadi. Endi ular safiga Manzura ham qo’shiladigan ko’rinadi. Ilgari Rayhonning studiya ochgani, Shahzodaning "Jonim” guruhini yana qayta tiklab prodyuserlik qilayotgani haqida aytib o’tgan edik. Navbat Manzuraga kelgan ko’rinadi. Xabar berishicha xonandamiz "ElDiDo” nomli yangi guruhga saund prodyuserlik qilayotgan ekan. Sound — musiqa ekanligini inobatga olsak, Manzura ushbu guruhning qo’shiqlariga prodyuserlik qiladi. Qiziq, bu prodyuserlik bizga tanish bo’lgani bilan farqli jihati nimada?Bu haqida keyinroq. Hozir Manzur yangi "ElDiDo” guruhi bilan duet rejasini tuzyapti. Nima ham derdik, har kimniki o’ziga oy ko’rinar ko’ziga! Balki shu guruh Manzura orqali mashhur bo’p ketar...