Los-Anjeles ta'lim kengashi bir ovozdan qariyb 45 000 ta iPad planshetini shahar maktablari uchun xarid qilishga qaror qildi. Planshet va ular uchun dasturiy ta'minot shahar maktab okrugiga 30 million dollarga tushadi.
Kengash bir ovozdan sifatli mahsulotlar orasida nisbatan arzonroq bo'lgani uchun Apple uskunasini tanladi. Bundan tashqari, o'quvchi va o'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan test natijalari ham huddi ushbu uskunaning afzalligini ko'rsatdi.
Shartnoma uchun Microsoft ham o'zining Surface planshetini taqdim etdi. Kompaniya vakillari bu ishda aynan ularning uskunalaridan foydalanishga ko'ndirish uchun ancha vaqt urinishdi. Microsoftdan ta'kidlashlaricha, ko'pgina kompaniyalar Windows va Office kompyuterlarini afzal ko'rishadi, shu sababli o'quvchilar aynan shu dasturiy ta'minot bilan ishlashlariga to'g'ri keladi.
Har bir uskuna uchun Apple 678 dollardan oladi. Bu bazaviy konfinuratsiyali planshetlarning narxidan sezilarli darajada ko'pdir (500 dollar). Narxdagi tafovut sababi shundaki, maktab o'quvchilari uchun iPad ga ta'lim olishga qaratilgan dasturiy ta'minot o'rnatiladi.