Статистика |
Xozir saytda 69 Mehmonlar 69 A'zolar 0 |
|
| | |
|
17:29:51 LG Egiluvchan “Elektron Qog‘oz” Chiqarmoqda |
Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi bukriderlar uchun egiluvchan ekranlarni seriyali ishlab chiqishga kirishmoqda. Bu haqda "Engadget” texnoblogi xabar qilgan. Ushbu ekranlar tasvirni shakllantirishda elektron siyoh (e-ink) texnologiyasidan foydalanadi.
Hozirda ko‘plab bukriderlarga e-ink texnologiyasi bo‘yicha ishlangan ekranlar qo‘yilgan bo‘lib, LG taklif qilayotgan yangicha ekranlar oynadan emas, balki plastikdan yasalgan. Bu xuddi mobil telefonlarning ekranini himoyalash uchun yopishtiriladigan plyonkaga o‘xshaydi. Plastik ekranlar oynaliga qaraganda egiluvchan, nisbatan yupqa va ancha shaffof bo‘ladi.Hozirda LG ishlab chiqarmoqchi bo‘lib turgan ekranning kattaligi 6-dyum, ajrata olish ko‘rsatkichi esa – 1024 x 768. U e-ink texnologiyasi bilan ishlangan oynali ekranlarga qaraganda uch marta yupqa hamda ikki marta yengilroqdir. Shunda, uning qalinligi 0,7 mm, og‘irligi esa 14 gramm bo‘ladi.
LG bunday ekranlarni Xitoydagi elektronika qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarga yetkazib beradi. Egiluvchan ekranli ilk bukriderlar esa shu yilning aprelidan boshlab Yevropada sotuvga ham chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, LG egiluvchan "elektron qog‘oz” taklif qilayotgan ilk kompaniya emas. Bunday turdagi ekranlarni avval "Plastic Logic” kompaniyasi ishlab chiqqan.
|
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR |
Просмотров: 775 |
Добавил: Admin
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|