Dushanba, 25.11.2024, 12:53:27
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 119
Mehmonlar 119
A'zolar 0

22:42:25
Kinoreyd. Hayratlanarli kartina — “YOLG’IZGINAM”.


Kinoteatrlarimiz premeralarga boy bo’layotgani sabab biz va’da qilganimizdek birin-ketin ekranlarga chiqayotgan filmlarning tahlilini sizga havola etishga kirishamiz. Demak, ilk e’tiborimiz ayni kunlarda teleekranlar orqali reklama qilinayotgan va kino saroylarida namoyish etilayotgan "Yolg’izginam” filmiga qaratiladi. Ochig’i, bu filmning ilk jalb qiladigan xususiyati Alisher Uzoqovning dramatik obrazda namoyon bo’lganidir. Demak, boshladik...

Yutuq

1. Ochig’i, Otabek Mirzaxolov ssenariysi va rejissyorligida suratga olingan filmning erish tuyuladigan jihatlarsiz suratga olinishini hali kutmagandik. Ammo... Keling, endi barchasini boshidan so’zlab beramiz. Birinchi yutuq bu dunyoda tabaqalar orasida sarson baxtning qayerdan qo’nim topishi. Ya’niki, boy bo’ladimi, kambag’almi, o’rtaxolmi baxt baribir sevgida ekanligi aks etgan. To’g’ri, buni hind filmlari orqali ko’p ko’rganmiz, deyishingiz mumkin. Lekin "Yolg’izginam”dagi talqin boshqacha.

2. Aktyorlar ansambliga keladigan bo’lsak, asosan Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov, Nigora Ismoilova, Otabek Musayev, Baxtiyor Karimov, Xosiyat Husanova, Muyassar Berdiqulova kabi mashhurlardan iborat jamoada hamma o’ziga tegishli vazifani mahorat bilan uddalagan. Ayniqsa, Alisher Uzoqov jiddiy qiyofada ham yana bitta "pichoqqa ilinadigan”roq rolni ijro etgani tomoshabinga seziladi.

3. Nigora Ismoilovaga ham jiddiy rolni ishonib topshirishgani kutilmagan yangilik. Negaki, uni bunaqa xarakterli obrazlarda ko’rishning o’zi sal tasavvurga sig’masdi. Lekin maromiga yetkaza olgani bois fikrlarni o’zgartirishda davom etyapti. Eng muhimi bu filmga uning prodyuseri bosh-qosh bo’lgani va bunda Nigoraning ham yaxshigina reklamasi o’ylanganligi sezilmaydi.

4. Adiz Rajabov garchi salbiy obrazlarda chiqmayman, deganiga qaramay, "Yolg’izginam”da yana uni "yomon ko’rib qolishlariga imkoniyat yaratgan”.  

5. Filmdagi yana bir e’tiborni jalb etadigan obraz bu Nigoraning qaynotasi. Ikkiyuzlamachi insonning xarakteri va uning voqealar rivojidagi o’rni me’yorida tasvirlangan.

Kamchilik

1. Nigora ijrosidagi kelinning qaynonasini kuzatar chog’idagi etigi "zamok”ini uzib yuborish sahnasi ham ataylab qilinganga o’xshab sezilib qolgan. Negaki, etikni kiydirish paytida qaynonasi unga "ehtiyot bo’ling” deya tanbeh ham berib qo’yadi.

2. Farzandidan ajralgan kelinning tug’uruqxonadan chiqishi va shu yerda birinchi turmushi buzilgan sevgilisi bilan uchrashish sahnasi cho’zilib ketgan. O’sha hind filmlari kabi zinalar va oyoqlar...

3. Adiz Rajabov talqinidagi kuyovning mast holatiga ishonish sal qiyinroq bo’ladi. Uning obrazga kirishgani sezilib qolgan.

4. Nazarimizda, Otabek Musayev endi boshqa ampluadagi obrazlarni ijro etishi kerak. Negaki, so’nggi o’ynagan ota obrazlarida u bir xil qiyofa aks etib qolyapti.

5. Garchi muvaffaqiyatli chiqqan bo’lsa-da, siyqasi chiqqan mavzuga yondoshilganligi kishini biroz zeriktirish mumkin.

Eslatma

Alisher Uzoqov va Nigora Ismoilova bundan oldin "O’xshatmasni uchratmas”, "Oling quda, bering quda” filmlarida juftlik sifatida namoyon bo’lishgan.

Yakuniy fikr

Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, Otabek Mirzaxolovning bu navbatdagi ishi tahsinlarga sazovor. Axir "Quvnoqlar va zukkolar” jamoasidan kino olamiga kirib kelib, komediyasifatu ammo erish tuyuladigan obrazlar bilan biroz tanilib keyin rejissuraga qo’l urishining o’zi katta gap bo’lgan bo’lsa, endilikda uning maqsadi jiddiy filmlar suratga olish ekanligi ham maqtovga sazovor. Filmga keladigan bo’lsak, tomosha qiladigan kartina sifatida uni qarshilashimiz mumkin. Eng muhimi, bachkana jihatlardan xoli. Shu tomonidan so’nggi paytlarda kinoda hatto yoshlarning ham "kassa”ni o’ylamasdan KINO qilishga urinishayotganini e’tirof etish kerak. Har xolda yo tanqidlar ta’sir qilyapti yoki yuragida kinoga nisbatan kuchli ishtiyoqi borlar kameralar qarshisiga kelishyapti. Nima bo’lganda ham "Yolg’izginam” ijodiy jamoasini tabriklab qolamiz.   

Baxtiyor Rasulov

Категория: KINO YANGILIKLARI | Просмотров: 2128 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2012  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика