Keyingi haftadan respublikamizning barcha hududlarida harorat 7—10 darajaga pasayishi kuzatiladi. Bu haqda "Uz24” internet-nashri O‘zbekiston gidrometeorologiya ximzati ma’lumotiga tayanib xabar beradi. O‘zgidromet viloyatlar bo‘yicha quyidagi ob-havoni bashorat qilmoqda:
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro, Jizzax viloyatlarida bulutli o‘zgaruvchan havo bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 25—28°, kechasi 13—15°ni tashkil etadi. Qashqadaryo va Surxondaryoda ham o‘zgaruvchan havo kuzatilib, yog‘ingarchilik bo’lmaydi. Harorat kunduzi 24—29°, kechasi 11—16° bo‘ladi. Navoiy viloyatida ham bulutli o‘zgaruvchan havo bo’lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 3—8° iliq, kunduzi 13—18° bo‘ladi. Respublikamizning tog‘li hududlarida esa havoning harorati yakshanba kunidan kunduzi 22—27°, kechasi 11—16° gacha pasayadi. Haftaning boshida tog‘li hududlar sezilarli darajada salqin bo‘ladi: kechasi 5—10 daraja, kunduzi esa 13—18 daraja. Shuningdek, kelayotgan haftadan shamolning kuchi sekundiga 15 metrga yetadi. Kelasi haftaning boshida bizni mana shunday ob-havo kutmoqda. Shu sababli uydan chiqayotganda qalinroq kiyinishni maslahat beramiz.
|