Dushanba, 25.11.2024, 12:48:55
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 112
Mehmonlar 112
A'zolar 0

19:52:35
Ispaniyada ishsizlik darajasi 15 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi


2011-yilning 3-choragi yakunlariga ko‘ra Ispaniyada ishsizlik darajasi 21,52 foizni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi 15 yildan beri eng yuqori natija hisoblanadi. Shunday qilib, hozirda Ispaniyada ish qidirib yurganlarning soni 5 million kishiga yaqinlashib qoldi, deya xabar beradi "Agence France-Presse” axborot agentligi.

Agentlikning ta’kidlashicha, Ispaniya hukumati o‘z oldiga yil oxirigacha ishsizlik darajasini 19,8 foizga tushirish masalasini qo‘ygan, biroq unga erishish ancha mushkul bo‘lishi tabiiydir.

Ishsizlik darajasining bunchalik yuqori bo‘lib ketishi aynan mamlakatda turizm mavsumining eng qizigan paytiga to‘g‘ri kelmoqda. Odatda, ushbu mavsumda ko‘pchilik aholi vaqtinchalik ish bilan ta’minlanar edi. Bundan ko‘rinadiki, mavsum tugaganidan keyin ahvol yanada og‘irlashib ketishi mumkin. Ispaniyada ishsizlik asosan 16-24 yoshdagi aholi o‘rtasida keng tarqalgan – 45,8 foiz.

Ispaniya Milliy statistika institutining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 4 yil ichida qo‘shimcha 3,2 million kishi ishsiz qolgan.

Shu yilning 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi sammitida ham Ispaniyaga ishsizlik darajasini kamaytirish bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi ortidan Ispaniyada iqtisodiy o‘sish sur’ati pasayib ketdi. Mamlakatdagi ko‘chmas mulk bozorining tanazzuli oxir-oqibat retsessiyagacha olib keldi. 2007-yilning yozida Ispaniyada ishsizlik darajasi 7,95 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2008-yilning 4-choragiga kelib ushbu ko‘rsatkich 13,9 foizga yetdi. O‘shanda Ispaniya yevrozona mamlakatlari ichida ishsizlik darajasi eng yuqori mamlakat sifatida qayq etildi.

Ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, Ispaniyadagi iqtisodiy tushkinlikning yana bir sabablaridan biri yagona foiz stavkalari siyosatidir. Yevropa markaziy banki (European Central Bank) tomonidan butun yevrozona uchun bir xilda o‘rnatilgan past foiz stavkalari so‘nggi yillarda mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atiga mos kelmadi. Xususan, inqirozdan avval Ispaniya iqtisodiyoti yuqori sur’atlarda o‘sib kelayotgan edi. Iqtisodiy o‘sish darajasi yuqori bo‘lgan holatda, foiz stavkalarining past qilib o‘rnatilishi, odatda, fiskal va monetar siyosatning bir-biriga mos kelmasligiga olib keladi. Natijada, iqtisodiyotning qaysidir sohasidagi orqaga ketish zudlik bilan boshqa sohalarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 1080 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: ishsizlik, Ispaniyada, yetdi, ko‘rsatkichga, ENG, 15, ichidagi, yil, yuqori, darajasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
_-_AnGeL_-_ Спам
03
11.2011
raxmat malumot un biggrin
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика