Dushanba, 25.11.2024, 12:33:01
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 117
Mehmonlar 117
A'zolar 0

06:42:08
Ilk kalendarni kim ixtiro qilgan?
Siz kattalar og'zidan «Eski hisob bo'yicha» yoki «Yangi hisob bo'yicha» degan jumlalarni ko'p marotaba eshitgan bo'lsangiz kerak. Ravshanki, siz Mavlud kuni butun jahonda 25 dekabrda, Rossiyada esa 7 yanvarda hayit qilinishini ham bilasiz. Buning sababi nimada o'zi? Bu savolga javob berish uchun kalendar — taqvim tarixi bilan tanishib chiqishga to'g’ri keladi.

Eng birinchi kalendarni qadimgi misrliklar kashf qilishgan. Bu narsa ulug Nil daryosining toshishiga vaqtida hozirlik ko'rish uchun zarur bo'lgan. Chunki ularning hayoti ko'p jihatdan aynan shu hodisaga bog’liq edi. Misr kohinlari daryoning birinchi toshqinidan to galdagisiga qadar o'tgan davr 365 kun ekanligini hisoblab chiqishgan. Bu paytda osmonda yorqin Sirius — She'ro yulduzi paydo bo'lardi. 365 kunning uzun qismini 30 kundan 12 bo'lakka bo'lishganda, qolgan 5 kun yilning qo'shimchasi bo'lib qoladi. Shu taxlit ilk taqvim vujudga kelgan. U ishlatishga juda oson bo'lib, Qadimgi misrliklar turmushini birmuncha yengillashtirgan. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, She'ro yulduzi ham bir vaqtda paydo bo'lavermas, ba'zida u bir sutkaga kechikishi ham mumkin ekan.

Bu narsa har to'rt yil oralig'ida ro'y bergan. Shundan keyin kohinlar yana hisob-kitob qilishib, bir yil 365 kunu 6 soatga teng, mana shu 6 soat tufayli har to'rt yilda butun boshli bir sutka yig'ilib qolishini hisoblab chiqishgan. Misrliklar buni hisobini chiqarishganu, lekin kalendarni o'zgartirib o'tirishmagan.

Faqat miloddan avvalgi 46-yildagina Rim imperatori Yuliy Sezar Qadimgi Misr kalendarini isloh qilishga buyruq beradi, Yil xuddi avvalgidek 12 bo'lakka — oylarga ajratilgan. Har bir oyda kunlar soni bir xilda bo'lmay, balki birida — 30 kun, ikkinchisida — 31 kun, fevral oyida esa 28 kun bo'lgan. Kalendar ilgarilab ketmasligi uchun fevral oyiga to'rt yilda bir marta bir kundan qo'shilgan. Shunday qilib, yangi Yulian kalendari bo'yicha (Yuliy Sezar nomidan olingan) har to'rt yildan biri 365 kun emas, 366 kundan iborat bo'lgan. Biz uni kabisa yili deb yuritamiz.

Butun dunyo xalqlari mazkur kalendardan foydalana boshlashgan. 1582 yilga kelib Rim papasi Grigoriy XIII kalendarga o'zgartish kiritadi. Chunki ko'p yillik kuzatishlar Yulian kalendarining ham mukammal emasligini ko'rsatgandi. Ma'lum bo'lishicha, bir yil 365 kunu 6 soatdan iborat bo'lmay, balki 365 kun 5 soat 48 minut va 46 sekunddan iborat ekan! Papa Grigoriy XIII tuzgan taqvim Grigorian kalendari deb atalgan va keyinchalik undan barcha mamlakatlarda foydalana boshlangan. Rossiyada Grigorian kalendari 1918 yildan e'tiboran joriy etilgan. Bu vaqtga kelib Yulian va Grigorian kalendarlari o'rtasidagi tafovut 13 kunni tashkil etdi. 1918 yilga qadar bo'lib o'tgan voqea — hodisalar «eski hisob bo'yicha» — ya'ni Yulian ka- lendari bo'yicha deb ta'riflanadigan bo'ldi. Xuddi shu sanani «yangi hisob bo'yicha» topish uchun unga 13 kunni qo'shish kifoya.

Biroq Grigorian kalendari ham tamomila mukammal emas. Hozirda yangi, yanada aniq ka- lendar tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.
Категория: BILASIZMI? | Просмотров: 3213 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика