Assalomu Aleykum men bu narsani nochorlikdan yozyapman nima qilishni bilmayapman. Men kichkinaligimdan bir bolani sevardim lekin o'ziga buni hech ham aytmagan man, hozir ham yoshman bilaman lekin sevgi yosh tanlamas ekan. U bola bilan ko'rishganimga 5 yil bo'lyapti lekin hamon unutolmadim. Ota- onamiz yaqin do'st bo'lgani uchun gaplashib turamiz, ohirgi marotaba oyim bilan u bolani oyisi gaplashganida o'g'liga meni so'ragandi men o`sha payitda nima qilishni bilme qoldim. Oyim ha deb javob berdi o`shandan keyin men umuman o'zgardim facebookdan u bolani qidirib topdim boshida facebookda rasimlarim bor edi lekin keyinchalik o'chirib yubordim. U bola bilan gaplasha boshladik men har kuni facebook sayitiga sevgi haqida sherlar yozardim, shuning uchun bir kuni mendan siz birontasini sevasizmi sevgi haqida sherlar yozyapsiz deb savol so'radi. men nima qilishni bilmasdan ohiri aytdim u bolani sevishimni, u bola men bilgandim dedi oyim bilan gaplash yotganilarda yuzizni ko'rdim dedi. keyin toyga rozimisiz deb so'radi men ha deb javob berdim. Shundek qilib 1 oydan beri gaplashamiz u bola ham meni sevib qolganini aytdi, ishontirdi ham. Ukasi bor edi men dan 1 yosh katta u bola bilan ham oramiz yaqin edi lekin faqat yaqin do'st sifatida, ukasini meni qarindoshim yoqtirib qolgan lekin u bola u qizni yoqtirmas ekan meni yoqtirar ekan yoshligimizdan beri men nima qilishni bilmayapman. Akasiga tegib ukasini dilini og'ritgim kelmayapti lekin men akasini jonim dan ham ortiq sevaman. Ukasini ham hurmat qilaman men ikki aka-ukani orasida qoldim nima qilay? iltimos do'stlar menga fikrilarni bildirilar. Men tunu kun kutib yashagan odam bilan birga bo'laymi? o'zim ich ichimdan sevgan insonim bilan birga bo'lgim kelyapti lekin ukasini o'ylasam. Ukasi chidedimikin men bilan akasini birga ko'rib deb o'ylanib qoldim chunki ukasi ham bir uyda yashediku.