Eslaysizmi o’sha kunlani, Dil berardim gul evaziga. Sevishimni hamma-hammadan Yashirardim qalb qafasiga.
Ko’zingizdan uchgan mehrni, Qamar edim hovuchlarimga Faqat sizga ochardim sirni, Olov qo’yib tovushlarimga.
Shunday shirin edi u kunlar, Shunday shirin tushlar ko’rganman. Bu tush bo’lsa, qachon,qayerda? Yuragimni sizga berganman?
Ko’z yoshimning soyalarida, Nur haqida hayol suraman. Sizdan yodgor bo’lgani uchun, Armonlarni yaxshi ko’rarman.
Sizsiz o’lib qolaman devdim, O’lolmadim,mingbor uzr dil. Siz borsizku yorug’dunyoda, Sizdan o’zgani sevolmas ko’ngil.
|