Dushanba, 25.11.2024, 12:55:23
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 119
Mehmonlar 119
A'zolar 0

20:21:01
Eng ommalashgan ilmiy xatolar
Eng ommalashgan ilmiy xatolar 

Kallasi olingan tovuq yashay oladi — rost 
Haqiqatan ham, tovuq kallasi olingandan so‘ng, bir necha daqiqa "yashaydi”. U yugurishi va hatto uchishga ham urinib ko‘rishi mumkin. Bu holat tovuqning boshi kesilganda miyaning reflekslarga javob beruvchi boshlang‘ich qismi qolib ketishi bilan izohlanadi.

Yerning janubiy yarimsharidagi girdob teskari aylanadi — yolg‘on
Yerning aylanish tezligi hatto eng kichik suv oqimiga ta’sir qilishga ham yetmaydi. Girdobga hech qanday global qonuniyatlar ta’sir qilmaydi, balki bu girdob hosil bo‘lgan relefga bog‘liq.

Inson miyasining 10%i ishlaydi — yolg‘on
Bu xato tushuncha salkam bir asrdan buyon mavjud. Baxtimizga unday emas. Miyani magnit yordamida tadqiq qilish natijalarining ko‘rsatishicha, bosh miyaning kattagina qismi tanamizning harakatlanishida faol qatnashadi. Hatto uxlayotgan paytimizda ham miyamiz ishda bo‘ladi. Shuning uchun, bunday afsonalarga ishonib yurmasdan, kallani yaxshilab ishlatish maqsadga muvofiq.

Koinotda tortishish kuchi yo‘q — yolg‘on
Bu adashishga hozir ommalashib ketgan "nol tortishish kuchi” va "vaznsizlik holati” degan jumlalar sabab bo‘lganga o‘xshaydi. Gravitatsiya, ya’ni tortishish kuchi hamma joyda mavjud va u barcha odamlarga bir xil ta’sir qiladi. Doimiy ravishda o‘z kosmik kemalari bilan birgalikda Yerga tushib ketavergani sababli, fazogirlar uchun sun’iy ravishda vaznsizlik holati hosil qilinadi va ular "uchib yurishadi”.

Osmono‘par binodan tashlangan tanga insonni o‘ldiradi — yolg‘on
Oddiy tanga aerodinamika nuqtai nazaridan judayam mukammal qurol emas. Shamol va havo qarshiligi tufayli hatto Empire State binosi (380 metr)dan tashlangan tanga ham jiddiy shikast yetkaza olmaydi. Shu bois, agar siz birortasini tepadan turib jazolamoqchi bo‘lsangiz, tangangizga avval bitta g‘isht sotib oling.

Tovuq sho‘rva bilan shamollashni davolash mumkin — salkam rost
Faqat sho‘rva bilan shamollashni yo‘qotish mumkin emas, albatta. Ammo olimlar bemorni majburlab sho‘rva ichiruvchilarni ma’qullaydi. Ma’lum bo‘lishicha, tovuq sho‘rvada shamollashga qarshi kurashuvchi moddalar mavjud ekan.

Katta yoshdagilar miyasida hujayralar o‘sishi to‘xtaydi — yolg‘on
Garchi inson miyasi kichik yoshda eng faol shakllanib, o‘ssa-da, hujayralar ko‘payishi katta yoshda ham to‘xtamaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, neyronlar inson vafot etguniga qadar o‘sishda va o‘zgarishda davom etadi. Shu bois, asablar qayta tiklanadi va yanayam aqlliroq bo‘lish imkoniyati hammada bor.

Esnash "yuqadi” — rostroq
Tajribadan ma’lumki, bir kishi esnasa uning atrofidagilarga ham yuqadi. Bu ilmiy nuqtai nazardan qanchalik to‘g‘riligini aytish mushkul, ammo ba’zi olimlarning fikricha, yonimizdagi odamning esnashini qaytarish refleksi avvaldan mavjud.

O‘limdan so‘ng soch va tirnoq o‘sishda davom etadi — yolg‘on
Vafot etgan odam tanasidagi barcha jarayonlar birdaniga to‘xtaydi. Shu qatorda, sochlar va tirnoqlarning o‘sishi ham.

Yomg‘ir ostida yugursak, kamroq ho‘l bo‘lamiz — matematik jihatdan rost
Bu taxminni tekshirish uchun maxsus o‘tkazilgan matematik hisoblashlarning ko‘rsatishicha, haqiqatan shunday. Yomg‘irda yugursangiz, kostyumingiz kamroq ho‘l bo‘ladi. Chunki yomg‘ir asosan libosning old tomoniga tushadi.

Yashin bir joyga ikki marta tushmaydi — xavfli yolg‘on
Aslida, butunlay teskarisi. Yashin o‘zi "ma’qul ko‘rgan” joylariga ega. Ma’lumki, yashin ko‘proq baland joylarga tushadi. Shu sababli, endigina yashin urgan daraxtning tagiga bekinish noto‘g‘ri. Osmono‘par binolarga yiliga o‘rtacha 25 marta yashin tushadi.

Ko‘knorili bulochkani tanovul qilish — deyarli opium chekish bilan teng — salkam rost
Ushbu tushunchada haqiqat uchqunlari borligini ta’kidlash lozim. Garchi, ko‘knorili bulochka yeganingizda nashavandlar tushadigan holat — eyforiya (o‘zidan-o‘zi xursand bo‘laverishlik)ni his qilmasangizda, narkologik muammolar yuzaga kelishi mumkin. Agar ikkita ko‘knorili bulochka istem’ol qilgan kishining qoni biroz o‘tib analiz qilinsa, nashavandning qoni unikidan tozaroq ekanligi aniq bo‘ladi.

Erkaklar har 7 soniyada JINSIY ALOQA haqida o‘ylaydilar — yolg‘onroq
Ko‘payish haqida o‘ylash — albatta, odam bolasiga tabiiy ato etilgan instinkt. Ammo bunday fikrlar erkak kishi xayoliga nechog‘li kelishini ilmiy tekshirib ko‘rish mumkin emas. Sotsiologik tadqiqotlarga ko‘ra, har 7 soniya — bu mubolag‘a.

Itning og‘zi inson og‘zidan tozaroq — qiyoslash mumkin emas
Kuchuklar ozodalikdan yiroq joylarga tumshuqlarini tiqishini yaxshi ko‘rishiga qaramasdan, ularning og‘iz bo‘shlig‘i inson og‘zidan ko‘ra mikroblardan tozalangan, deb hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida turli biologik ko‘rinishlarda yashovchi bakteriyalar shunchalik bir-biridan farq qiladiki, ularni solishtirish mumkin emas. Shunday ekan, it insondan tozaroq emas, shunchaki boshqacha.

Hayvonlar tabiiy ofatlarni oldindan sezadilar — yolg‘onroq
Hayvonlarda «oltinchi sezgi» mavjudligi haqida ishonchli dalillar yo‘q. Biroq a’lo darajadagi hid bilish, eshitish va ko‘rish, shuningdek, insonlardan ko‘ra yaxshi rivojlangan tug‘ma instinktlar hayvonlarga yaqinlashayotgan xatarni sezish imkonini beradi. Shuning uchun jonivorlar bo‘ron yoki tsunamiga hayratlanib qarab turmaydilar. Shu bilan birga, tabiiy ofatlar tufayli ko‘plab hayvonlar nobud bo‘ladilar. Shunday ekan, ularda «oltinchi sezgi» bo‘lgan taqdirda ham bu alohida foyda keltirmaydi. (So‘nggi, 2004 yilgi tsunamida juda kam hayvonlar halok bo‘lganini ham ta’kidlash lozim).

Buyuk Xitoy devori — kosmosdan ko‘rinadigan yagona inson qo‘li bilan yaratilgan ob’ekt — yolg‘on
Ushbu fikrning turli variantlari mavjud, ammo ularning hammasi birday yolg‘on. Kosmonavtlar quyi orbitadan inson yaratgan ko‘plab ob’ektlarni ko‘rishlari mumkin. Masalan, Misr ehromlari yoki hatto yirik aeroportlarning uchish-qo‘nish yo‘lakchalarini. Aynan Xitoy devorining esa qaerda ekanligini ko‘rish boshqa obektlardan ko‘ra qiyinroq. Devorni oydan ko‘rish mumkin emasligi esa aniq.

Saqich oshqozonda 7 yilda hazm bo‘ladi — kattalar yolg‘oni
Albatta, saqichni hazm qilish oshqozon uchun boshqa yeguliklardan ko‘ra qiynroq, biroq organizmimiz uchun mumkin bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q. Jumladan, saqich ham hazm qilinib, organizmdan chiqarib tashlanadi. Bu fikr qattiqqo‘l kattalarning bolalarning yengil injiqliklariga bir chorasi xolos.

Fasllar almashinuvi Yerning Quyoshdan yiroqligi o‘zgarishi tufayli — yolg‘on
Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa sayyoralarning orbita bo‘yicha harakati tufayli o‘zgarishi Yerdagi harakatga kam ta’sir ko‘rsatadi. Hamma gap Yer sharining Quyoshga nisbatan qiyalik burchagi sababli bo‘lib, bu fasllar almashinuviga ta’sir qiladi. Hammasi oddiy, biroq haliyam tushunarsiz.

WWW.OSHIQLAR.UZ

Категория: BILASIZMI? | Просмотров: 2096 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
ali1472 Спам
06
06.2012
allo
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2012  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика