Samolarda uchdi ketdi ruhim mening Dilda borim oq qog’ozga sololmadim Bor ediku sevilmoqqa xaqqim mening Bir yigitga dil o’yimni ocholmadim Armon bo’ldi orzularimga yetolmadim Oq libosga yor uyiga ketolmadim Shirin-shirin hayollarda kezar edim Jamolimni malaklarga tenglar edim Kutar edim oq tulporli shaxzodamni Saroyini malaklarday bezar edim Tushumdagi saroylarga kirolmadim Oq libosda yor uyiga kirolmadim O’lim tig’I umrim gulin qildi paymol Bilolmadim aybim nima ne gunohim Baxor nedir 17da topdim zavol Baxorning gul chechaklarin terolmadim Oq libosda yor uyiga borolmadim Otajonim mehringizga ko’p to’yolmadim Onajonim poyingizga bosh egolmadim Munosib qiz,singil,opa bo’lolmadim Oq libosda xech kimni shod qilolmadim Oqni kiyib kirgan uyim qaro bo’ldi Meni deb ne ne barglar yaro bo’ldi Menku qaro yerga emas dilga cho’kdim Meni deb yaqinlarim motam saro bo’ldi Alvido deb hammangizga aytolmadim Oq libosda ketdim axir qaytolmadim Sizni tashlab ketar bo’ldim armonlarga Izim izlay chaman zoru lolazorga Jannatlarda uchrashguncha mahshariku To’yib-to’yib she’ru g’azal aytolmadim Oq libosda baxor bo’lib qaytolmadim