Главная » 2012»Iyun»6 » DOLLAR: QALBAKISINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?
00:41:47
DOLLAR: QALBAKISINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?
AQSh hukumatining hisob-kitobiga qaraganda har yuzta dollar banknotasining bittasi (1/100) qalbakidir. Nashr qilish sohasidagi yaqin o’tmishda yuz bergan rivojlanish va juda katta miqdordagi qalbaki dollarlarni hisobga olganda bu juda ham kichik hajmni tashkil qiladi.
Shuning uchun ham AQSh Mahfiy Xizmati (US Secret Service) qalbaki dollarlar haqidagi har qanday ishni diqqat bilan tekshiradi va shu yuzasidan ham dollarni qalbakilashtirish yoki uni savdoga kiritishga harakat qilish og’ir jazolar bilan siylanadi. Bundan tashqari dollar kupyuralarining yuqori darajadagi xavfsizlik hususiyatlari tufayli uning qalbakisini yasash juda ham mushkul ish hisoblanadi. Shuningdek, dollarni qalbakilashtirish qanchalik qiyin bo’lsa, uni qalbaki yoki haqiqiyligini aniqlash shunchalik osondir. Qo’lingizdagi dollarni quyidagi usullar orqali haqiqiy yoki qalbaki ekanligini aniqlaysiz:
1) Dollar kupyurasining matnini qo’lingiz bilan his qiling. Pul bilan ko’p muomalada bo’ladigan kassir yoki boshqa shaxslar past sifatli yoki qalbaki dollarni shunday qo’lida ushlash orqali bilib oladi. Sizda bunday qobiliyat yoki tajriba bo’lmasligi mumkin. Lekin aksariyat shaxslar dollar ustida yozilgan matnlarga qo’llarini tekizish orqali uni haqiqiyligini tekshirib oladilar. Birinchidan dollar qog’ozlari ochiq savdoda sotilmaydi. Ikkinchidan qog’oz va siyohning tarkibi mahfiy saqlanadi. Haqiqiy dollardagi siyoh tepaga qarab bir tekisda surilgan bo’ladi va matni o’yib qog’ozga tushirilgan bo’ladi. Ayniqsa qo’lingizda dollar kupyurasi yangi bo’lsa, siz uning matnini qo’llaringiz bilan aniq sezasiz.
2) Dollarni boshqa dollar bilan solishtirish. Qo’lingizdagi dollar sizga haqiqiy tuyulsa va siz ozroq ham shubxaga borayotgan bo’lsangiz, uni boshqa dollar bilan solishtirib ko’ring. Haqiqiy dollar va undagi tartib raqamlari boshqacha yozilgan bo’ladi. Shuning uchun u ham 100 dollarlikni boshqa 100 dollarlik bilan solishtirish kerak
3) Dollar ustidagi nisbiy tekislik va qalbaki dollar ustidagi ma’lumotlar yetishmasligiga e’tibor bering.Nashr sifatiga e’tibor bering
Haqiqiy dollar shunday texnologiya yordamida nashr qilinadiki, uni oddiy nashriyot uskunalari qila olmaydi. Dollar chekalaridagi noaniq yozuvlarga e’tibor bering. Shuningdek Federal Zahira bankining muhrlarining buzilmaganligiga e’tibor bering. Muhr juda ham aniq va bo’rtib turishi kerak. Qalbaki dollardagi rasmlar tekis, hira bo’ladi.
4) Qog’ozdagi rangli tolalarga qarash kerak. Barcha banknotalarda mitti qizil va moviy tolalar biriktirilgan. Qalbakilashtiruvchilarni bazi hollarda bu tolalarni nashr qilish yoki chizish orqali yasashga urinadilar.
5) Serial raqamlarini tekshirib ko’ring.Banknotalardagi raqamlar o’zaro mos kelishini tekshirib ko’ring. Qalbaki dollarda raqamlar orasidagi joy har tartibsiz yoki raqamlar bir qatorga terilmagan bo’ladi. Agar ikkitadan ko’p shubxali banknotani ko’rib qolsez, ikkalar kupyuradagi raqamlar bir hil ekanligini tekshirib ko’ring. Agar ular bir hil bo’lsa, ular qalbaki hisoblanadi.
6) $1 va $2 dollarlikdan tashqari kupyuralarning xavfsizlik hususiyatlariga e’tibor bering.$5, $10, $20, $50 va $100 lik kupyuralardagi mavjud xavfsizlik hususiyatlarini tekshirib ko’rish kerak.