Dushanba, 25.11.2024, 13:55:50
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 38
Mehmonlar 38
A'zolar 0

20:50:59
Baxtni Kim Saqlab Qoladi?...
Baxtni Kim Saqlab Qoladi?...Ko’pchilik qizlar bunday holatlarga teskari munosabat bildirishsa yoki e’tiborsiz qarashsa, ba’zilar bundan xursand bo’lib ham ketadi. Ko’cha-ko’yda, ishda, o’qishda o’zini qanday tutishni bir oz unutgan ayrim qizlar notanish yigitlar mayli, kap-katta oilali erkaklar bilan ham do’stlashib olishlariga nima deysiz?! Shuningdek, internet klublarda uylangan yigitlarning yosh qizlar bilan tanishib, do’stlashib o’tirganiga ham ko’pchilikning ko’zi tushgandir. Bir-birlariga telefon raqam berishlar, "SMS” xabarlashuvlar, qo’ng’iroqlashuvlar… Bular jarayonning navbatdagi bosqichlariligi tabiiy. Biror kun qaysidir tarafdan birga tushlik qilish boxonasida uchrashuvga taklif etiladi. Keyin kino, teatr, konsert, istirohat bog’lari… Hech biri rejadan chetda qolmaydi. Yana bir kun kechki taomni biror bir restoranda birgalikda tanavvul qilish istagi o’rtaga tashlanadi. Romantik kecha, undan so’ng "do’stlar”ning bir-birlarini uylariga kuzatib qo’yishlari… Qarabsizki, erkak oilasdan uzoqlashib bo’ldi! Uyga kelib, tamaddi qilmaydi, telefonda yashirincha "pichir-pichir”lar boshlanadi. Ayoliga esa umuman e’tibor yo’q. Xo’sh, shunday vaziyatda qaysi ayol o’z turmush o’rtog’idan shubxalanmaydi?

Bu holatda har bir ayol turlicha yo’l tutadi. Kimdir, shubxalanayotganini gapirib, janjal ko’taradi va albatta "o’sha megajin”ni topib, sochlarini bittalab yulishini aytsa, kimdir dalil izlab, eriga sezdirmay ketidan kuzatadi. Shubxalarga ko’milib, ich-etini yeb, kechalari bildirmay yig’lab chiqadiganlar ham qancha… Shunday vaziyatda oila bekasi o’zini qanday tutishi, turmush o’rtog’ini to’g’ri yo’lga sola olishi har jihatdan uning o’ziga bog’liq.

Men hali turmushga chiqmagan bo’lsamda, oilali ayollarning turmushda sodir bo’lib turadigan har xil holatlarda tutadigan yo’llaridan saboq olishim, yaxshi va yomon jihatlaridan ham kerakli xulosa chiqarishim lozimligini doim yodda saqlashga urunaman. Chunki, bu hayot. Unda faqat kuzatuvchanlik va o’rganuvchanlik talab etiladi.

Yaqinda erining xiyonat ko’chasiga kira boshlaganini sezib qolib, chiroyli bir yo’l tutgancha, vaziyatni oqilona izga solgan bir ayol haqida eshitdim.

Ayol erining o’yinqaroq va sho’xligini bilardi, ba’zan ko’cha-ko’yda birga yurishganda turmush o’rtog’i ko’z qiri bilan yashirincha qizlarga qarganini ham ko’p ko’rgan. Shuning uchun u "erim xiyonat qilishi mumkin emas” degan fikrga unchalik qo’shilmaydi.

- Ertalab turib, choy qo’ydi, turmush o’rtog’ini ishga kech qolmasin deb tezda nonushta tayyorlashga kirishdi. Dasturxonni tuzab bo’lgach, erini uyg’otish uchun yotoqxonaga kirdi, shu vaqt xonadagi oyna oldida turgan telefondan nimtovush tebranish ovozi keldi, bu turmush o’rtog’ –" Temur akasi”ning telefoniga kelib tushgan SMS xabari edi. Ayol asta borib, telefonga qaradi, notanish bir raqam. Ayol bir oz ikkilandida, keyin "begonani telefonimasku, o’qisam nima bo’libdi?!” degan hayolda "ochish” tugmasini bosdi va xabarni o’qiy boshladi: "Salom Temur aka! Yaxshi yotib turdizmi? Manimcha, ishga ketvossiz. Bilasizmi, sizni tushimda ko’rdim, ko’rishganimizda aytib beraman. Obed vaqti da ko’rishishimiz esizda, a? Esli chto, telefon qilarsiz, poka!...”

Bu gaplarni kim yozgani noma’lumu, ammo qiz bolaga tegishli ekanligi aniq edi! Ayolning ko’ngli buzildi, bo’g’ziga nimadir tiqilgandek bo’lib, yerga o’tirib qoldi.

- Nahotki, Temur akam… Ayolning xo’rligi keldi. Shunday bo’lsada, u o’zini bosdi. Hammasini aniq bilmasada, ahvol yaxshi emsligi ko’rinib turardi. Hech narsadan bexabar uxlab yotgan er axyon-axyonda xurrak ham otib qo’yadi. Ko’ngli qanchalar abgor bo’lmasin, ayol asta borib, erini muloyimlik ila uyg’ota boshladi va nonushta tayyorligini aytdi. O’rnidan erinibgina turgan eri yuvinishga kirib ketdi. Ayol esa oyna oldiga kelib, chiroyli pardoz qildi, sochlarini bejirim qilib turmakladi. Odatda turmush o’rtog’i nonushta qilayotgan payt u boshqa ishlar bilan band bo’lardi, ammo bugun unday bo’lmadi, ular birgalikda nonushta qilishdi. Ayol eriga alohida e’tibor bilan choy quyib berdi, yosh bolani erkalagandek, shirin choyni ham o’z qo’llari bilan tayyorlab, har qancha qarshilik ko’rsatmasin, eriga o’zi ichirib qo’ydi. O’zini sho’xchan tutib erkalanib turgan xotinini ko’rgan erning yodiga yangi uylangan vaqtlari tushib ketdi.

- Bugun boshqachasan?...

- Qanaqa ekanman?

- Bilmadim, ertalabdan shirin tush ko’rib uyg’onding shekilli?

- Ishga kech qolyapsiz, Temur aka…

- Haya, senga chalg’ib, vaqtga ham e’tibor bermabman.

Eri ishga ketgach, ayol endi qanday yo’l tutishni o’ylay boshladi. Biladiki, eri bugun tushlikni kim bilandir birga qiladi. Buni bilib turib ham, qo’l qovushtirib o’tirish mumkin emas. Ammo, nima qilish mumkin? Nima qilsa, vaziyatni har tomonlama izga solish mumkin?...

O’ylay-o’ylay u bir yo’lini topgandek bo’ldi. Avval bolalarni ovqatlantirib, bog’chaga olib borib qo’ydi, so’ng uyini supurib-sidirdi, keyin turmush o’rtog’i yaxshi ko’radigan taomu-salatlarni, shirinliklarni pishirdi. Dasturxonni bejirimgina bezatgach esa eriga qo’ng’iroq qildi:

- Allo, eshitaman

- Assalomu alaykum Temur aka.

- Ha, nima deysan?

- Charchamayapsizmi?

- Yo’q, nimaga so’rayapsan?

- Haqqim borku hol-axvol so’rashga, qolaversa erim uchun jon kuydirsam, nima qilibdi?

- Avvallari bunday qilmasding, shunga…

- Temura aka, tushlik vaqti ham bo’lib qoldi, uyga bir kelib keta olasizmi?

- Yo’q, ishlarim ko’p!

- Ishlar qochib ketmas, iltimos, birrovga kelib keting.

- Tinchlikmi, nega axir?

- Shunchaki, keling.

- Biror sababi bormi? Buncha ezmalanding a?!

- Kelmaysizmi?

- Nima, mazang yo’qmi?

- Hammasi joyida, faqat tushlik vaqti albatta kelib keting, kutaman…

Go’shak joyiga qo’yildi, er esa hayron, avvallari hech bunaqa sirli bo’lmagan… Sababi nima bo’lishi mumkin?... Qiziq!... Stolida sochilib yotgan xujjatlarni yana bir-ikki ko’zdan kechirib chiqdi. Ayolining gaplari miyasidan ketmagan er sal o’tib, ilgakdagi kostyumini oldi va uyiga shoshildi.

Ayol chiroyli kiyinib, pardoz qilib erini kuta boshladi. Bir muncha vaqt o’tgach esa eshik qo’ng’irog’i chalinib, ostonada turmush o’rtog’i ko’rindi. Xotinini ko’rib hayratlangan er "tinchlikmi, nega yasanvolding?!” dedi.

Ayol erining kostyumini yechishga ko’maklashib yubordi, er dasturxondagi taomlarni ko’rgach esa hayratiga hayrat qo’shildi. Boisini tinmay so’rayverardi, ayol esa indamay jilmayib qo’yadi xolos.

Ular birgalikda tushlik qilishar ekan, er dasturxondagi taomlarni huzur bilan yer, ora-orada maqtab-maqtab ham qo’yardi. Ayol iltifot ko’rsatib charchamasdi.

Uyga kelganidan buyon hayratini berkitolmagan er lab-lunjini yig’a olmay nuqul tirjayar, biror xushxabar bo’lsa kerak deb o’ylardi.

- Boyadan beri ichim qizib ketyapti! Aytaqol, nima gap?! Biz uchinchi farzand kutyapmizmi? Ayol bosh siltab "yo’q” ishorasini qildi.

- Shunchaki, erim uchun! Unga bo’lgan sevgim uchun!

- Nima, avvallari sevmasmiding? Nega aynan bugun sevgingni ko’rsatyapsan?

- Avval ham, hozir ham, bundan keyin ham sizni yaxshi ko’raman! Siz ham doim faqat meni yaxshi ko’rishingizni istayman!

- Nega bunday deyapsan?

- Endi ishga boraqoling, bo’lmasa kech qolasiz. Ha aytgancha, kechga qanday ovqat pishiray?

- …

- Nega jimsiz? Aytavering, ko’nglingiz tusaganini tayyorlab qo’yaman!

- Baribir tushunmadim!... – er oyoq kiyimini kiyar ekan, hamon hayron edi. – Darding bo’lsa ayt! Ichim siqilib ketdi axir! O’zing ham bilib turibsanku o’zgarib qolganingni!

- Sizdek turmush o’rtog’im bor, nima dardim bo’lsin? Aytyapmanku, hammasi yaxshi, ishoning! Avvallari sizga bo’lgan muhabbatim ko’nglimda bo’lsa kifoya deb bilardim, endi mendek ayolingiz borligini doim bilib, his etib turishingizni istayman! Bori shu…

- Sen… sen.. haligi… men… A mayli!

Ayol eshikni yopar ekan, eriga shunday dedi:

- Temur aka, sizdan bitta iltimos, qizlar bilan shunday gaplashingki, men umuman bilmay yoki ularning "SMS”larini ko’rib qolmay! Agar shularni eplasangiz, men qarshimasman! Buni bilish men uchun yengil emas… Yaxshi borib keling.

Shunday deb, ayol sekin eshikni yopdi. Erning holatini tasavvur qilavering! Podezd zinasida turib qolgan erkak hatto o’zini oqlashga so’z ham, vaqt ham topa olmadi. U ayolidan uyalib ketdimi, o’zidanmi, buni bilolmasdi. Quloqlarida esa ayolining gaplari hamon jaranglardi. "U qanaqa SMS xabari haqida gapirdi? Gulya yozganmikin, Safinami?... " Asta-sekin qadam bosib, pastga tushib ketar ekan, erning tizzalari titrar, boshi aylanar edi.

- Axir… Axir bo’lishi mumkin emas. Qanaqasiga?... Nahot u hammasidan xabar topdi? Shunday bo’lsada, u menga bir og’iz yomon gapirmadi, meni kechirdi! Hattoki, kechirim so’rashga ulgurmadimku! Jin ursin! Men uni kechirarmidim? Hatto, do’stlarimdan hol-ahvol so’rashsa jaxldan yorilay deymanku! U esa… U… Bilmadim, u menimcha farishta! Shunday ayolga nomunosib yurgan men ahmoqman! U kechirdi, ammo endi men o’zimni qanday kechiray? Ey Xudo, endi uning ko’zlariga qanday qarayman?! Qaysi bet bilan uyga kiraman?!...

Erning ko’nglidan kechayotgan o’ylar edi bu. U o’sha "qizlari”ga qo’ng’iroq qildi va boshqa telefon qilmasliklarini uqtirdi. Qizlar ham og’zidan bori kirib, shodi chiqib, "ko’zlari uchib turmagani”ni aytishdi. Er o’ylay-o’ylash ayoliga hammasini tushuntirib, kechirim so’rashga va qayta bu bo’lmag’ur ishlarga qo’l urmaslikka qaror qildi. Albatta, ayolini bunga ishontirish oson bo’lmasdi, lekin asosiysi er o’zi uchun qaror qilib bo’lgan edi. Ish kuning yarmini xonada o’ritgancha, boshini changallab, o’yga cho’mib o’tkazgan Temur kech tushganini ham payqamay qolibdi.

Ko’chaga chiqqach, supermarketga burildi va bolalariga, o’zining nazdida aytganda "Tengsiz ayoli”ga sovg’alar xarid qildi. Ko’cha chetida gul sotib o’tirgan kampirdan bir dona qip-qizil atirgul olgan er ayolini go’yo shu gulga qiyoslagandek, gulni avaylabgina ushlab oldi. Uyga yetgach, eshik qo’ng’irog’ini bosishga haddi sig’may bir muncha vaqt turib qolgan erkak bazo’r botinib, eshik qoqdi. Eshikni 5-6 yoshlar atrofidagi qizi Faridaxon ochdi. Ortidan "Adajooo-o-on” degancha kichik o’g’ilchasi do’mbillab yugurib keldi. Ota bolalariga sovg’a tarzida olib kelgan shirinliklarni ulashdi. Oshxonadan jilmaygancha chiqb kelgan ayoli shu damda u uchun farishdek ko’rinardi. Er asta gulni berdi va ayolidan kechirim so’ray boshladi. Ayol esa ortiq bu haqda gaplashmaslikni taklif etdi. Er o’z qilmishidan nihoyatda afsusda edi.

Oila davrasida birga ovqatlanayotgan er o’zining naqadar baxtli ekanligini shu choqqacha sezmaganini angladi. Ayol kulib tursada, ichida xafaligi bor edi, bu tabiiy, albatta. Ammo, ishonardiki, eri qayta xiyonat qilmaydi.

Aytib bermoqchi bo’lganlarim shu edi. Hayotda bu tofadagi ayollar kam bo’lsa kerak, yo’qsa o’z jufti-halolini "boy berib qo’yish” holatlari ancha qisqargan bo’larmidi?...

So’nggi so’z o’rnida shuni aytishni joiz bildimki, har kim o’z baxti uchun, uni o’zida saqlab qolish uchun o’zi harakat qilishi joiz. Axir aytishadiki, "O’z baxting – o’z qo’lingda” deb…
www.OshiqlaR.uz
Категория: MULOHAZA | Просмотров: 886 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: Qoladi, Baxtni, Kim, Saqlab | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2012  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика