iPhone 5S smartfoniga 64-bitli Apple A7 protsessori o‘rnatilgan. Taqdimotda ta’kidlanishicha, iPhone 64-bitli protsessor yoramida ishlaydigan dunyodagi birinchi smartfondir.Qurilmaga yangi, takomillashgan kamera o‘rnatilgan bo‘lib, bir suratda 15 foizga kattaroq kadrni saqlab olish imkoniyatiga ega. Kamera yonida ikkita vspishka bo‘lib, ulardan biri oppoq, ikkinchisi sarg‘ish rangli nur taratadi. Bu qorong‘uda olingan rasmlar ranglari tabiiyligini ta’minlab beradi. Bundan tashqari, smartfon kamerasida optik stabillashtirish tizimi va videoga sekinlashtirib olish (slow motion) imkoniyati paydo bo‘ldi. Avval taxmin qilinganidek, iPhone 5S smartfoniga barmoq skaneri bo‘lib, uning yordamida faqatgina smartfon egasi qurilmani blokdan chiqara olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Parollar bilan xayrlashing: endi ular kerak emas! Smartfon AQShda 20-sentabrdan boshlab 199, 299 va 399 dollarga sotila boshlaydi. iPhone 5s’ning operatorga bog‘lanmagan (unlocked) ko‘rinishi (xotira hajmiga qarab) 649, 749 va 849 dollarga baholandi. iPhone 5S’dan tashqari, taqdimotda iPhone 5C smartfoni va iOS operation tizimi haqida ham ma’lumot berildi. Apple bosh direktori Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, sentabr ohiriga borib dunyoda 700 million dona iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar sotilishi kutilmoqda. iOS 7 iPhone 4 va undan yangi, iPad 2 va undan yangi, iPad mini va iPod touch (5-avlod) qurilmalarini qo‘llab-quvvatlaydi va operatsion tizimni 18-sentabr kunidan boshlab ko‘chirib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
|