O'zimni sevardim......
Quvonch emas qayg'uga hamroh bo'ldim
Yahshigamas, yomonga gumroh bo'ldim
O'zgalarmas, nega aynan men o'ldim?
Agar senga o'hshasam,
men o'zimni sevardim.....
Nasib etdi faqat ayriliq menga
Bahtli onlar hamrohdir faqat senga
Visol lahzalari nasibdur kimga?
Agar senga o'hshasam,
men o'zimni sevardim.....
Qismatim Zaynabga o'hshab ketadi
Kumush ko'zlarimni yoshlab ketadi
Otabegim meni tashlab ketadi
Agar senga o'hshasam,
men o'zimni sevardim.....
Laylilar Majnunga yetdi tobora
Zuhrolar Tohir deb ketdi tobora
Yolg'iz Oysha seni deya ovvora
Agar senga o'hshasam,
men o'zimni sevardim.....
Sensiz yashay olish qo'limdan kelmas
Ko'zimdagi yoshku soydagi selmas
Sog'inib, sevganim bevafo bilmas
Agar senga o'hshasam,
men o'zimni sevardim.....
Hayr degan edim, alvido emas
Dildagi gaplarim bir nido emas
Bu dunyoda meni g'amlar ham sevmas
Agar senga o'hshasam,
men o'zimni sevardim.....