Shu yil Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturiga ko‘ra 8510 ta uy quriladi, bu 2011-yildagidan 15 foizga ko‘p.
O‘zbekiston Prezidentining 14-yanvardagi qarori 2012-yilda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturining parametrlarini belgilab berdi.
Hujjatga binoan, ushbu yilda "tayyor holda topshirish” shartlari bilan umumiy maydoni 1371 gektar bo‘lgan 276 turar-joy massivlarida 8510 ta uy qurilishi kutilmoqda.
Prezident hukumatning 19-yanvardagi majlisida o‘z nutqida qayd etganidek, joriy yilda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi rejalashtirilgan umumiy turar-joy maydoni 1,2 million kvadrat metrdan ortiqni tashkil etadi.
Uy-joylarning eng ko‘p qismi – 1160 uy Toshkent viloyatida quriladi (23 turar-joy massivida). Samarqand viloyatida 900 uy (19), Qashqadaryoda – 870 (22), Andijonda – 770 (27), Farg‘onada 700 (28), Surxondaryoda – 680 (21), Xorazmda – 650 (20), Buxoroda – 630 (36), Namanganda – 560 (20), Navoiyda – 500 (20), Qoraqalpog‘istonda – 400 (22), Jizzax viloyatida – 370 (14), Sirdaryoda – 320 (4) uy qurilishi rejalashtirilgan.
Kompleks qurilish joylarida 26 ta qishloq vrachlik punkti, 10 ta umumta’lim maktabi, 80 ta guzar, 109 ta savdo majmuasi, 42 ta bozor, 90 ta novvoyxona, 47 ta maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari va 33 ta mini bank qurish ham ko‘zda tutilgan.
Turar-joy posyolkalarida 425 kilometrdan ziyod vodoprovod tarmog‘i, qariyb 260 km elektr liniyalari, 375 km gaz tarmoqlari va 306 km ichki yo‘llar qurilishi rejalashtirilgan.
Prezident ta’kidlaganidek, ushbu maqsadlarda yil davomida qariyb 810 mlrd so‘mlik kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Umuman aytganda, Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirishning 2015-yilgacha mo‘ljallangan tasdiqlangan dasturini amalga oshirish ishlariga 2,2 mlrdAQSH dollari qiymatidagi mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.
Dasturning amalga oshirilishida Osiyo taraqqiyot banki faol ishtirok etmoqda. Mazkur bank qishloqda yakka tartibdagi uy-joylar qurilishiga 500 mln dollar miqdorida, jumladan, 2012-yilda 160 mln dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
2011-yilda namunaviy loyihalar asosida umumiy maydoni 1,1 million kvadrat metrga teng bo‘lgan 7400 ta xususiy uy-joy qurib bitkazildi. Bu maqsad uchun 576 mlrd so‘mlikdan ortiq investitsiyalar yo‘naltirildi.
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturi amalda bo‘lgan ikki yil davomida 15 ming qishloq oilalari yuqori darajadagi qulayliklarga ega uylar bilan ta’minlandi.