Sevgi va muxabbat ramzi qancha-qancha dillar qulfini ochuvchi qip qizil atirgul tikansiz bo`lgan ekan.U judayam go`zal bo`lib ,bog` to`rini bezab yurar va go`zallik malikasi deb tan olingan ekan. Bog`da atirgul bilan yana
ko`plab boshqa gullar yayrab barg urib o`sib yotgan bir kuni ushbu bog`ga Bulbul degan oshiq-u beqaror bir qush kelibdi . Bulbulcha kelguncha birorta Qush bu bog`ga ichidagi go`zal atirgulning ko`nglinui olmagan ekan Qahramonimiz bulbul ul go`zal gulni ko`rib oshiq -u beqaror bo`lib qolibdi va har tong uning qoshiga kelib sevgi madhiyasini kuylar ekan atirgul bu honishlarga parvo qilmas, qayrilib boqmas emish .