Yakshanba, 19.05.2024, 19:03:27
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 1
Mehmonlar 1
A'zolar 0

19:20:26
YouTube saytida ta’limga oid videolar uchun alohida bo‘lim ochildi
O‘tgan hafta dizayn borasida keng ko‘lamdagi o‘zgarishlarni boshidan kechirgan, butun dunyoga mashhur YouTube video-xosting saytida maktab va universitetlar uchun mo‘ljallangan 450 mingdan ortiq ta’limga oid video-roliklar yig‘ilgan alohida bo‘lim ishga tushirildi.

"YouTube for Schools” – bu, video-xosting servisining maxsus filtrlovchi funksiyasi bo‘lib, uning yordamida ta’limga oid roliklar ko‘ngilochar videolardan ajratib olinadi va foydalanuvchiga qulay tarzda yetkaziladi.

Xabaringiz bo‘lsa, butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilik ta’lim muassasalarida YouTube saytidan foydalanish ta’qiqlangan. Servisning egasi sanalgan Google internet-korporatsiyasi o‘zining ushbu xatti-harakati bilan mazkur to‘siqni olib tashlash uchun bel bog‘lagan ko‘rinadi. Chunki, tan olish kerakki, biror mavzu haqidagi ma’ruzani oddiy so‘zlar bilan tushuntirgandan ko‘ra uni o‘quvchilarga video-roliklar orqali ko‘rsatilganda xotirada saqlab qolish ehtimoli ko‘payadi. Qolaversa, foydalanuvchilar rolikni o‘z kompyuterlariga saqlab olib, kerak paytda undan yana foydalanishi ham mumkin.

Shunday qilib, endi YouTube saytida ta’limga oid kontentdan foydalanish uchun sayt bosh sahifasining yuqori panelida joylashgan "Ta’lim” ("Education”) bo‘limiga kirish lozim. Ushbu bo‘lim ham, o‘z navbatida, "Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim” ("Primary & Secondary Education”), "Uzluksiz ta’lim” ("Lifelong Learning”), "Universitet” ("University”) kabi ichki bo‘limchalarga ajratilgan. Bundan tashqari, hozircha 300 dan ortiq playlist ham yaratilgan bo‘lib, ularda video-roliklar foydalanuvchilarning bilim darajasi va rolikning mavzusi e’tiborga olingan holda ro‘yxatlarga ajratilgan. Biroq, ushbu videolarga mulohaza bildirish imkoniyati mavjud emas.

YouTube servisi maxsus akkauntga ega o‘qituvchi-professorlarga ham alohida imkoniyatlarni taqdim qilgan. Ular saytda o‘zlarining pleylistlarini yaratishi, uni o‘z o‘quvchilariga ulashishi va boshqa ishlarni bajarishi mumkin.

YouTube servisi kelajakda masofaviy ta’lim uchun onlayn-platforma vazifasini o‘tashni maqsad qilganini ham ta’kidlab o‘tgan.
Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 964 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика